So’nggi yangiliklar

16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0

15 okt 19:19
Yangiliklar

Tennis, Fotogalereya

Toshkentda tennis bo'yicha J200 turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  TennisToshkent
Toshkentda 30 ga yaqin mamlakat tennischilari "NBU CUP ITF JUNIORS J200" sovrini uchun kurashdi

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o'tkazilgan "NBU CUP ITF JUNIORS J200" xalqaro turniri 30 ga yaqin mamlakatning 100 nafardan ziyod 18 yoshgacha bo'lgan iqtidorli raketka ustalarini jamladi.

Xalqaro tennis federaciyasi reytingida kuchlilar safida borayotgan mahoratli sportchilar qatnashgan bellashuvlarda 11 nafar o'g'il va 9 nafar qiz tennischilari yurtimiz sharafini himoya qildi.

To'qqiz kunlik saralash bahslari natijasida hamyurtlarimiz Artur Ibragimov va Ilya Ignatov juftlik musobaqalarining yarim finaligacha etib borishdi.

Yarim final bellashuvlari sarhisobiga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasidagi final musobaqasida niderlandiyalik Abel Forger va rossiyalik Amirxamza Nasredinov, qizlar o'rtasida finalda esa Yuliya Perapexina (Rossiya) hamda Darya Egorova( Rossiya) bahs olib boradigan bo'lishdi.

Qizlar o'rtasidagi juftlik bahslarida rossiyalik Yuliya Perapexina/Kseniya Smirnova – Ekaterina Agureeva/Darya Egorova, o'g'il bolalar jo'ftligida Abel Forger(Niderlandiya)/Maks Stenzer (Germaniya) - Artem Bogomolov/Ivan Greteckiy (Rossiya)lar bosh sovrin uchun kurashish imkoniyatiga ega chiqishdi.

Mazkur "NBU CUP ITF JUNIORS J200" xalqaro turniri haqiqiy istedodlarni kashf etish maydoni bo'ldi. Murosasiz bahslar natijasida yakkalik bellashuvlarda niderlandiyalik Abel Forger va rossiyalik Yuliya Parapexina g'oliblikni tantana qilgan bo'lsa, juftliklar o'rtasida kechgan musobaqada Yuliya Perapexina/Kseniya Smirnova hamda Artem Bogomolov/Ivan Greteckiy (Rossiya) muvaffaqiyatga erishdi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari, eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan tennischilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.



Muallif - Alimurod Mamadaminov/olamsport.com

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing