So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

08 may 18:55
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentdagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik OOK prezidentida katta taassurot qoldirdi

Yirik sport tadbirlarining barchasi ham stadionlarda o'tkazilmaydi.

SHu haftada mamlakatimiz tarixida ilk bor Xalqaro forumlar saroyida Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo'mitasining 77-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Eng yuqori sport amaldorlari orasida odatda ko'plab nufuzli arboblar, siyosatchilar va biznesmenlar borligini kam odam biladi. OOK bundan mustasno emas. SHunday qilib, OOK prezidenti v.b. Raja Ranghir Singx — nafaqat Hindistonni oltita Olimpiadada himoya qilgan mohir mergan, balki Patialadagi maxarajalarning qadimgi oilasining avlodi hamdir. 2001-2014 yillarda XOQ azosi bo'lib, sportdagi yutuqlarni baholay olishda unga tengi yo'q, shu bois 2025 yilda Toshkentda bo'lib o'tadigan IV Yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik loyihasiga uning bergan yuksak bahosi juda qadrlidir.

Osiyo Olimpiya Kengashi bosh direktori Husayn Al-Musallam Toshkentning 2025 yilda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik darajasi va suratini yuqori baholadi. Doktor Al-Musallam nafaqat Quvayt Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi, balki Xalqaro suzish federaciyasi prezidenti sifatida ham eng tajribali va nufuzli xalqaro sport mutasaddilaridan biridir.

Uning O'zbekistonga tashrifi chog'ida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan suv sportini ommalashtirish, shuningdek, maxsus kurslar va murabbiylar almashinuvini tashkil etishda texnik yordam ko'rsatish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Juma kuni poytaxtimizda birdagina ikkita tarixiy sport voqealari bo'lib o'tdi. Birinchidan, Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi, ikkinchidan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining 30 yilligini nishonlash. Sport arboblarining shahzodalar tomonidan taqdirlanishlari tez uchrab turadigan hodisa emas, ammo bu safar aynan shunday bo'ldi. Rishod Sobirovga mukofotni Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Turki al Faysal topshirgan bo'lsa, Qatarlik Abdulrahmon Tani Al Kuvari Armen Bag'dasarovning xizmatlarini alohida belgiladi. Hammasi oddiy: ularning ikkalasi ham OOK vice-prezidentlaridir. Darvoqe, Saudiya Arabistonining yana bir shahzodasi Fahad bin Jalaviy bin Abdulaziz Al Saud OOKda Talim qo'mitasi rahbari lavozimida faoliyat yuritadi va shu haftada u ham Toshkentga tashrif buyurdi. OOKning boshqa azolari qatori ular uchun ham ish safarlarining asosiy taassurotlardan biri Toshkentning 2025 yilda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga tayyorlash bo'yicha keng ko'lamli loyihasi bo'ldi.

Agar siz qidiruv tizimiga Gordon Tang ismini kiritsangiz, Google birinchi navbatda u Singapurlik milliarder va SingHaiyi akciyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi yirik biznesmen ekanligi haqida malumot beradi. Ushbu kompaniyaning rahbari AQSHning sobiq prezidentining ukasi Nil Bush ekanligi uning ko'lamidan dalolat beradi. Biroq, Gordon Tang biznesdan tashqari vindsyorfingga qiziqadi va hatto bu bilan 1980-yillarda professional tarzda shug'ullangan. Nima uchun biz Forbes ro'yxatining bu azosi haqida so'zlab bermoqdamiz? CHunki, u Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti sifatida kecha O'zbekistonga OOK Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida qatnashish uchun tashrif buyurdi. SHu bilan birga, ko'pchilik qatori unda ham Toshkentda 2025 yilda o'tkaziladigan yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarchilik loyihasining taqdimoti katta taassurot qoldirdi. CHunki Tangning o'zi ham 2029 yilda Kambodjada shunga o'xshash O'yinlarni o'tkazish uchun shaxsan javobgar.

Hech kimga sir emaski, Olimpiya harakati ko'plab sport turlarini birlashtiradi, ammo bazi mashhur intizomlar hali ham O'yinlar dasturidan tashqarida. SHuning uchun Xalqaro sport tashkilotlarining Butunjahon associaciyasi (ingl. GAISF) – xalqaro federaciyalarni, ko'p sport o'yinlari tashkiliy qo'mitalari va boshqalarni birlashtirgan global tashkilot mavjud.

GAISF vice-prezidenti (shuningdek, AIMS va UTS prezidenti) Stefan Foks shu haftada Toshkentga Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishining faxriy mehmoni sifatida tashrif buyurdi. O'tmishda muay-tay bo'yicha jahon chempioni va hozirda Xalqaro muay-tay federaciyasi Bosh kotibi bo'lgan Stefan Foks tay boksining jahon miqyosida ommalashishi, shuningdek, samboning rivojlanishi uchun ko'p ishlarni amalga oshirgan. Umid qilamizki, O'zbekistonning ana shunday do'stlari tufayli kurashimiz ham yangi marralarni zabt etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing