So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

11 noy 10:13
Yangiliklar

Boshqalar, Suv sporti turlari

Toshkentlik murabbiy nimadan norozi?

Teglar :  suv sport turlari
Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi Respublika suv sport turlarini rivojlantirish markazida suv polosi bo'yicha mavsumning ilk musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Unda erkaklar 7 ta, ayollar 4 ta jamoa bo'lib bahslarga kirishdilar.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari vaterpolchilar chiqishlarini tahlil qilish, murabbiylar bilan o'zaro fikr almashish uchun markazga tashrif buyurdi. MOQ rahbari musobaqa tashkilotchilari, murabbiylar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar, kamchiliklar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Musobaqa reglamentiga kiritilgan o'zgartirishdan norozi bo'lgan toshkentlik murabbiy MOQ rahbariga o'z etirozini bildirdi. Fursatdan foydalanib, Respublika suv sport turlari bo'yicha IBO'OZSM katta murabbiyi Natalya Rustamova bilan suhbatlashdik. Murabbiyning aytishicha, musobaqa jarayonida reglamentga o'zgartirish kiritilgan, natijada uning jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'lgan. Vaziyat haqida ikkinchi tomonning ham fikrini bilish uchun Oleg Pletnevni suhbatga tortdik. Mutaxassisdan reglament o'zgartirilishiga nima sabab bo'lgani haqida izoh so'raganimizda, u ishtirokchi jamoalar murabbiylari va hakamlar bilan bu borada yakdil qarorga kelishgani, o'z-o'zidan bunday qilishga haqqi yo'qligini takidladi.

Ushbu masala bo'yicha maxsus komissiya tuziladi va o'rnatilgan tartibda batafsil ko'rib chiqiladi, barcha tomonlar fikrlari tinglanib, yakuniy qaror qabul qilinadi.

Umid qilamizki, turnir tashkilotchilari va suv sport turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorat maktabi rahbariyati ushbu masaladan o'ziga tegishli xulosa chiqarib olishadi va kelajakda tashkiliy masalalarga yanada masuliyat bilan yondashadi.

SHuningdek, tashrif davomida MOQ rahbari suv polosi bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalari katta murabbiylari bilan ham muloqotda bo'ldi. Ammo suhbat davomida mutaxassislarimizda tashkiliy masalalarni aniq hal qilishda tajriba va o'ziga bo'lgan qatiy ishonch etishmasligi ko'zga tashlandi. Takidlash kerakki, bundan buyon murabbiylar vaziyatga jiddiy va professional tarzda yondashishlari talab etiladi. Zero bugungi kun talabi ham aynan shu.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing