So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

07 okt 08:40
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon bo'yicha Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOREPORTAJ

9-10 oktyabr kunlari poytaxtimiz triatlon bo'yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.

Kecha “Ichan qala” mehmonxonasida ushbu musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston triatlon federaciyasi bosh kotibi Elena Kun, musobaqa texnik delegati Sajad Bag'eriandexordi va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni Rustam SHoabdurahmonov ochib berdi.

“Triatlon bo'yicha biz uchun muhim ahamiyatga ega musobaqa arafasida turibmiz. Ushbu sport mamlakatimizda katta tezlikda ommalashib bormoqda. Hurmatli Prezidentimiz sog'lom turmush va ommaviy sport targ'ibotini rivojlantirishga katta etibor qaratayotgan ekanlar, bu kabi turnirlarning ahamiyati ulkan. Triatlon O'zbekistonda avvaldan bor bo'lgan, biroq 2019 yil may oyidan milliy federaciyamizga ega bo'lganimiz bu sport taraqqiyotida muhim burilish bo'ldi. Terma jamoamizga xorijdan kuchli mutaxassislar olib kelindi. Bu oldinda turgan Olimpiadaga licenziya olishdek ulkan maqsadlarimiz yo'lidagi qadamdir”, – dedi MOQ rahbari.

SHuningdek, Oybek Kasimov ushbu sport targ'iboti yo'lida qo'shimcha fikrlarni bildirdi:

“Yil avvalida aholimiz orasida sport targ'ibotini kuchaytirish maqsadida kamida 20 ta katta nufuzdagi xalqaro musobaqani qabul qilish bo'yicha davlatimiz rahbaridan topshiriq olgan edik. Ushbu musobaqa triatlon ommaviyligini oshirish yo'lidagi shunday turnirlardan hisoblanadi. Muxlislarimiz yirik musobaqalarni sog'inishdi. Dam olish kunlari uchun bu kabi turnirlar tomoshabinlarimizga maqul kelishiga ishonamiz. O'zbekiston triatlon federaciyasi o'z sportini “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga kiritish bo'yicha taklif bildirgan edi. Bu taklif qo'llab-quvvatlanmoqda”.

Tadbir davomida Elena Kun musobaqa haqida qo'shimcha malumot berdi. Unga ko'ra, 9 oktyabr sanasida professional, 10 oktyabr kuni esa havaskorlar o'rtasidagi bahslar bo'lib o'tadi. Poygalar Yunusobod tumanidagi “Uzekspomarkaz” atrofida o'tkaziladi. 

Reglamentga ko'ra, suzish bahslari 750 metr, velopoyga 20 km, yugurish 5 km masofada bo'ladi. Unda terma jamoamiz sharafini 5 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing