So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

01 okt 08:31
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi

O'zbekiston Triatlon federaciyasi hamda Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan triatlon bo'yicha O'zbekiston Kubogining 3-final bosqichi musobaqalari o'tkazildi.

Samarqanddagi sportning eshkak eshish turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari Respublika bolalar va o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan bellashuvlarda Respublikamizning barcha hududlaridan jami 120 nafarga yaqin sportchilar o'z omadini sinab ko'rishdi.

Mazkur musobaqalarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlarni sportning texnik va amaliy turlariga keng jalb qilish, “Vatanparvar” tashkilotidagi sport to'garaklarini rivojlantirish hamda sportchilarning mahoratini oshirish, triatlon bo'yicha eng kuchli sportchilarni aniqlash orqali O'zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirishdan iborat.

Musobaqada O'zbekiston Triatlon federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari F.Nasirov, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining o'rinbosari T.Yakubov va musobaqa bosh hakami V.Rastryginlar so'zga chiqib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tilab, musobaqani ochiq deb elon qilishdi.

Bahslar uchta yosh toifasi bo'yicha tashkil etildi.

1997 yilda tug'ilgan o'g'il va qiz sportchilar:

Suzish – 1500 metr,

Velopoyga – 40 000 metr,

Yugurish – 10 000 metr.

photo5226533415057206435.jpg

photo5226533415057206441.jpg

1998-2000 yilda tug'ilgan o'g'il va qiz sportchilar:

Suzish – 1500 metr,

Velopoyga – 40 000 metr,

Yugurish – 10 000 metr.

2001-2003 yilda tug'ilgan o'g'il va qiz sportchilar:

Suzish – 1500 metr,

Velopoyga – 40 000 metr,

Yugurish – 10 000 metr.

photo5226533415057206447.jpg

photo5228980721782205446.jpg

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida 1-o'rinni Toshkent shahar, 2-o'rinni Navoiy viloyati, 3-o'rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoasi egallashdi. G'oliblarga tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing