So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

24 okt 18:04
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon: O'zbekistonlik murabbiylar Moskvada malaka oshirish dasturini o'tdilar

O'zbekiston triatlon federaciyasi ko'magida bir guruh murabbiylarimiz Rossiya Federaciyasi poytaxtidagi “CiklON” triatlon akademiyasi intensiv mashg'ulotlari - triatlon bo'yicha murabbiylar uchun malaka oshirish kurslarida qatnashdilar.

O'quv kurslarida hamyurtlarimizdan Viktor Zarodov, SHoxruh Yunusov, Nikolay Ilin va Javohir Yunusov ishtirok etdi. 32 soatlik intensiv mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar maruzalarda qatnashdilar va nazariy bilimlarni amalda sinab ko'rdilar.

O'zbekiston Triatlon Federaciyasi mamlakatda professional va havaskorlar o'rtasida triatlonni rivojlantirishni maqsad qilgan va birinchi navbatda murabbiylar malakasini oshirishga alohida etibor qaratmoqda. Har bir sport turida bo'lgani kabi, triatlonda ham murabbiylar malakasini oshirish mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etilishi, professional triatlonchilar va havaskorlarni musobaqalarga tayyorlash uchun muhim yo'nalish hisoblanadi.

O'quv kursi dasturi quyidagi yo'nalishlarni qamrab oldi:

•  Yillik o'quv rejalari va o'quv mashg'ulotlarini davriylashtirish usullari;

•  O'quv rejalari va vazifalarini rejalashtirish va yangilash;

•  Suzish va yugurishdagi asosiy cheklash xatolarini aniqlash va tuzatish;

•  Suzish, velosport va yugurish bo'yicha video-tahlil.

Dastur natijasiga ko'ra, murabbiylar Federal jismoniy tarbiya va sport ilmiy markazining malaka oshirish sertifikatini qo'lga kiritdilar.

CiklON – 2011-yilda tashkil etilgan Federal sport talimi tizimi. Triatlon akademiyasi dunyo sport yulduzlari orasidan triatlon va atletika bo'yicha eng kuchli zamonaviy murabbiylarni birlashtiradi. Kurs o'qituvchilari – tajribali amaliy murabbiylar, o'z sohasidagi mutaxassislar va yuqori malakali murabbiylar:

Igor Sisoev – CiklON bosh murabbiyi, Rossiya triatlon terma jamoalari bosh murabbiyi, triatlon bo'yicha xalqaro darajadagi sport ustasi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, "Triatlon. Olimpiya masofasi." kitobi muallifi;

Aleksey Sokolov – CiklON murabbiyi, marafon bo'yicha xalqaro darajadagi sport ustasi, Rossiya marafoni rekordchisi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.

Yuriy Kudinov - suzish bo'yicha xizmat ko'rsatgan sport ustasi, ochiq suzish bo'yicha besh karra jahon chempioni (25 km), Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing