So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

22 avg 16:47
Yangiliklar

Ot Sporti, Triatlon

Triatlon va ot sport bo'yicha yuqori natija qayd etgan sportchilarimiz taqdirlanishdi

Teglar :  TriatlonOt sporti
Yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilib kelayotgan atletlarimiz hamisha etiborda.

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonligi tomonidan triatlon va ot sport bo'yicha yuqori natija qayd etgan atletlarimiz taqdirlanishdi.

Tadbirda general-mayor Rustam Jo'raev boshchiligidagi Milliy gvardiya qo'mondonligi mutasaddilari, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash federaciyalari raisi Bahromjon Gaziev, O'zbekiston triatlon federaciyasi bosh kotibi Elena Kun, Uloq-ko'pkari federaciyasi raisining o'rinbosari E.Abzalov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Milliy gvardiya qo'mondoni sportchilarimizni yil davomida qayd etgan yuksak natijalari bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilab o'tdi. SHundan so'ng Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi chavandozlari N.Tuyakbaev, U.Komilov, O.Sobirjonovga Moskvada o'tgan Millatlar kubogida yuqori natija ko'rsatgani uchun Milliy Gvardiyaning “Namunali xizmatlari uchun” 3-darajali ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Joriy yilning iyul oyida Kanar orollari o'tgan triatlon bo'yicha IRONMAN LANZAROTE jahon chempionatida yoshlar toifasida oltin, jamoaviy yo'nalishda kumush medalga sazovor bo'lgan Jamoat xavfsizligi universitetining xizmatchisi Alina Hakimovaga esa oficerlar tarkibining birinchi “leytenant” unvoni, imtiyoz asosida 3 xonali uy va “qizil beretka” kiyish huquqi berildi.

SHuningdek, Elena Kun va triatlon bo'yicha jamoa bosh murabbiyi Viktor Zemcev ham munosib taqdirlanishdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar Milliy gvardiya qo'mondonligining sportni rivojlantirishga qo'shayotgan xizmatlarini alohida takidlab o'tishdi. SHuningdek, qo'mondon sohada orqada borayotgan viloyat bo'limlarining faoliyati haqida alohida tanqidiy fikr bildirib, ularga kerakli ko'rsatmalar berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing