So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

12 dek 13:49
Yangiliklar

Tadbirlar

Tuman va shaharlarda o'tadigan musobaqalar bo'yicha “Yo'l xaritasi” ishlab chiqiladi

Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida aholini ommaviy sportga keng jalb qilish masalasi ham muhokama qilingan edi.

Yig'ilishda takidlanganidek, O'zbekistondagi har bir tuman va shahar bittadan ustuvor, istiqbolli hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirilgan. Mazkur tizimdan kelib chiqib, hududda yirik musobaqalar o'tkazib turish va salohiyatli sportchilarni tarbiyalash muhimligiga etibor qaratildi. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda barcha sport federaciyalari faoliyatini tuman va shaharlarga bog'lagan holda tashkil etib, joylarda olimpiya harakatini rivojlantirib boradi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan MOQ raisi R.SHoabdurahmonov qo'mitaning masul xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

Bugungi kunda Respublika oliy sport mahorati maktablari o'quvchilarini jalb etgan holda viloyatlarda ichki musobaqalar soni va sifatini oshirish, sportga ishtiyoqmand yoshlarni tanlab olish, ularning turnirlarda ishtirokini taminlash, shu orqali sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish muhim masalalar sirasiga kiradi. Qolaversa, musobaqalarga yurtimizdagi mavjud sport maktablari va olimpiya zaxiralari maktab-internatlari o'quvchilarini jalb etish sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz uchun selekciya ishlarini samarali tashkil etish imkonini beradi.

Yig'ilish davomida MOQ rahbari tomonidan respublikamiz tuman va shaharlarida tashkil etiladigan musobaqalar mexanizmi va soni, joylardagi mavjud infratuzilmani o'rganish ishlari, shuningdek, musobaqalar taqvimini shakllantirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ishlab chiqish borasida mutasaddilarga topshiriq va vazifalar berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo'mita Bosh kotibi O.Kasimov, rais o'rinbosarlari S.Polatov, A.Kamilov, SH.Tashmatov, MOQ qoshidagi RSTIAM direktori, professor A.Sadikov o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing