So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

14 iyu 16:07
Yangiliklar

Bolalar sporti

Tuproqqalalik yosh sportchilarga vazirlik sovg'alari topshirildi + FOTO

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqala tumanini tashkil etish bilan bog'liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4671-sonli qarori hayotga tadbiq etilgan edi.

Ayni damda,  mazkur qaror  ijrosi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Tumanning kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi bo'yichaPitnak shahri va Tuproqqala massividagi mahallalarda  jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, tumandagi sport maktabining infratuzilmasini yaxshilash, mavjud sport inshootlaridan samarali va unumli foydalanish masalalari o'rganib chiqilib, aholining turli qatlami, asosan, yoshlarni ommaviy sportga kengroq jalb qilish, ular o'rtasida jismoniy tarbiya va sport targ'ibotini kuchaytirish qatiy vazifaga aylandi. 

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 9 iyundagi “COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar, musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish to'g'risida”gi 681-sonli buyrug'iga asosan, karantin talablari, sanitariya qoida va meyorlari asosida BO'SMlarning sport sekciyalari faoliyatiga ruxsat berildi. 

SHu munosabat bilan Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Artik Palvanov Tuproqqala tumanidagi 1-son Bolalar-o'smirlar sport maktabi va uning Tuproqqala maskanidagi filialida  bo'lib, yosh sportchilarga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tuhfasi - 20 million so'mlik 24 turdagi zamonaviy sport jihozlari va anjomlarini topshirdi.

- Sportning stol tennisi turi jonu-dilim. Bu o'yin o'zining tezkor harakatlari bilan meni maftun etadi. Sovg'alar orasida stol tennisi raketkasi va to'plarining borligidan juda sevindim. Buning uchun hukumatimizga, shuningdek, sportimiz rahbarlariga minnatdorlik bildiraman, - deydi 1-son BO'SM filiali tarbiyalanuvchisi Jondos SHamsiddinov.  

- Tuproqqala maskani tuman markazidan 120 kilometr, viloyat markazidan deyarli 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. SHu sababdan, hozirda ushbu hududda jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish, sport maktabi filialining infratuzilmasini yuksaltirish hamda yoshlarni o'zlari mehr qo'ygan sport turlari bilan to'laqonli shug'ullanishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish ustida izlanishlar olib borayapmiz. Nasib qilsa, say-harakatlarimiz besamar qolmaydi, yaqin orada ushbu maskandan ham taniqli sportchilar etishib chiqadi, - deydi viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Artik Palvanov.

Darhaqiqat, tuproqqalalik yosh sportchilarning mashg'ulotini kuzatar ekansiz, ularning dadilligi  va shijoatini, g'alabaga bo'lgan irodasini ko'rib ko'ngillar quvonchga to'ladi. Demak, ko'zlangan marralar tobora yaqinlashmoqda.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing