So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

22 iyu 09:37
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

Turkiya elchixonasi V Islom birdamligi o'yinlariga tayyorgarlikda elkadosh ekanini bildirdi

Ayni paytda avgust oyida Turkiyaning Konya shahrida o'tadigan V Islom birdamligi o'yinlariga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisining o'rinbosari Alijan Aksoy bilan ushbu mavzu yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mehmonni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov qarshi olishdi. Dastavval Alijan Aksoyga o'zbek sportining boy tarixi, atletlarimiz so'nggi Olimpiya o'yinlarida qayd etgan natijalar haqida batafsil malumot berildi. SHundan so'ng tomonlar hamkorlik masalalari bo'yicha muzokara olib borishdi.

Oybek Kasimov qardosh o'zbek va turk xalqlarining hamkorligini sport yo'nalishida davom ettirish, xususan, aloqalarni Konya shahrida o'tadigan V Islom birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik orqali yanada mustahkamlash borasida fikr bildirdi. Azizjon Kamilov Qo'mita Bosh kotibining fikrini davom ettirar ekan, taniqli diplomatni oktyabr oyida Toshkentda dzyudo bo'yicha ilk bor bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga taklif qildi.

Alijan Aksoy samimiy qabul uchun tashakkur aytib, hamkorlik rejalarini amalga tatbiq qilishga tayyor ekanini takidladi. SHuningdek, u Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi oldinda turgan Islom birdamligi o'yinlariga delegaciyamizning tayyorgarligi va boshqa masalalarda qo'ldan kelgancha yordam ko'rsatishini bildirdi.

Suhbat davomida tomonlar kun tartibidagi qator mavzular bo'yicha o'zaro fikr almashib, hamkorlikning keyingi qadamlarini kelishib olishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing