So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

09 iyu 18:32
Yangiliklar

Boshqalar

Turkiyada V etnosport madaniyat festivali boshlandi

Teglar :  Etnosport
Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori imzolangan edi.

Qaror bilan etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturini 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» tasdiqlandi.

Etnosport turlarini mamlakatimizda yanada rivojlantirishga qaratilgan ushbu qaror milliy qadriyatlarimiz taraqqiyotida oldinga tashlangan muhim qadam bo'ldi.

Takidlash joiz, turkiy tilli davlatlar orasida etnosport turlariga qiziqish va etibor juda yuqori. So'zimizning tasdig'i sifatida bugun Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali tantanali ochilganligini aytib o'tish mumkin.

Mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov ham ishtirok etdi.

V etnosport madaniyat festivalida dunyoning 26 davlati vakillari o'z mahoratlarini namoyish etishadi.

Festival doirasida vazir A.Ikramov Butunjahon etnosport konfederaciyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdo'g'on hamda yana bir qator yuqori martabali mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing