So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

16 apr 17:21
Yangiliklar

Futbol

U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g'alaba bilan boshlashni istaydi"

Teglar :  Timur Kapadze
U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi oldidan "D" guruhi bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Barchani musobaqa boshlangani bilan tabriklayman. Hammaga omad tilayman. Mezbonlik uchun Qatar davlatiga rahmat aytaman. Bizda jarohat olgan futbolchilar yo'q, musobaqaga tayyormiz, tayyorgarligimiz reja bo'yicha ketmoqda", - deb gap boshladi Timur Kapadze.




- O'zbekiston avvalgi musobaqalarda juda ajoyib natijalarga erishgan. CHempion bo'lgan, vice-chempion bo'lgan. Bu yilgi musobaqada futbolchilarning imkoniyatiga qanday baho berasiz?
- Albatta turnirda o'z oldimizga katta maqsad qo'yganmiz. Uzoq vaqtdan buyon ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yuqori maqsad sari harakat qilamiz, yigitlarning iqtidori ham, mahorati ham etarli darajada deb o'ylayman.




- Ertangi raqib, Malayziya haqida nima deya olasiz?

- Ertaga musobaqadagi ilk uchrashuvimizni o'tkazamiz. Guruhdagi har bir raqibni hurmat qilamiz. Har bir jamoa o'ziga yarasha kuchli. Biz o'z maqsadimizni bajarishga harakat qilamiz, bu erda oson o'yin bo'lmaydi. SHu bois barchasi maydonda hal bo'ladi.




- Musobaqaning ilk o'yinida 3 ochko juda muhim hisoblanadi. Ertangi bahsdan oldin yigitlarda motivaciya etarlimi?

- Albatta, faqat biz uchun emas barcha jamoalar uchun startni g'alaba bilan boshlash muhim. Alohida motivaciyaning keragi yo'q. Bu biz uchun birinchi musobaqa emas, tajribamiz bor. Har bir bahs muhim, ayniqsa birinchisi.



Malumot uchun, O'zbekiston - Malayziya uchrashuvi ertaga, 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing