So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

16 mar 16:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

U barchasini uddalaydi: 100 dollar bilan AQSHga borib, bugun millionlik janglarni tashkil qilayotgan menejer haqida

Abdel-Aziz 18 yil avval yuz dollar bilan AQSHga ko'chib keladi.

Ali Abdel-Aziz –  zamonaviy MMAning eng hurmatga loyiq insonlaridan biri hisoblanadi. Xabibning menedjeri hisoblangan bu insonning harakteri juda og'ir. O'zining harakteri sabab u deyarli har hafta kimdir bilan urishadi. Lekin shunday bo'lsada, bu hozirda dunyoning eng kuchli MMA menedjeri sifatida tan olinishiga qarshilik qilolmaydi. Nega? Sababini hozir tushuntirib berishga harakat qilamiz. 


Ali doim mijozlarining raqiblariga nisbatan haqoratli chiqishlar qiladi. U Tvitter orqali Konorni juda ko'p haqorat qilgan. Bir necha bor Garbrandt Dillashouni nokaut qiladi deb takidlagan, Edgar esa Ortegani «buzib yuboradi» deb aytdi. Bazida uning fikrlari 100%  to'g'ri bo'lib chiqadi. Abdel-Aziz takidlagandek, Garbrandt Dillashouni 32 soniyaning o'zidayoq nokaut qildi. Kamaru Usman  esa Tayron Vudlini yakson qildi.

  

«Men Nyu-Yorkka sovuq qishda ko'chib kelganman. Kelganimda hattoki yotishga joyim bo'lmagan. Amerika – bu orzular ushaladigan o'lka. Agar sen o'z oldinga qo'ygan maqsading sari ortga chekinmasdan yursang bunga erishasan. Omad kaliti esa, yaqinlaringa bo'lgan ishonchdir. Doim kamtar bo'l va xatolarningdan to'g'ri xulosa chiqarish kerak», - deb aytgan Abdel-Aziz. SHu boisdan Abdel-Azizning orzulari amalga oshdi. 

U bugungi kundagi eng kuchli UFC menedjeri hisoblanadi. Hozirda uning xizmatlaridan UFCning 50 nafar sportchisi foydalanadi, ulardan uch nafari o'z vazn toifalarining «qirollari»( Xabib Nurmagomedov, Genri Sexudo, Kamaru Usman) hisoblanadi.

  



U UFC tarixidagi eng shov- shuvli jangni tashkil qilgan. Nurmagomedov – Makgregor jangi translyaciyasini 2,4 million odam sotib oldi. 

 

Xabibni butun sharq dunyosi bilan tanishtirdi. Bu davrida qirollar, shahzodalar, mashhur siyosiy arboblar bilan uchrashuvlar tashkillashtirdi.


Ali mijozi Marlon Moraes jang qilmayotgani yuzasidan UFCga shikoyat qildi. SHu boisdan ham, Assunsao va UFC xohlamasa ham, Assunsao hamda Marlon Moraes jangini tashkillashtira oldi. Jang o'tkazilmagan bo'lsada, hech kimga tanish bo'lmagan Sidjara Yubenksni UFC kamari uchun Valentina SHevchenko bilan jangini tashkillashtirishga erisha olgan.

Kunicka Kris Sayborgga chempionlik jangida mag'lubiyatga uchragan bo'lsada. UFCda birinchi jangidayoq Kunicka uchun chempionlik jangini amalga oshirgan.    

UFC uchun notanish bo'lgan Sergey Pavlovich uchun debyut jangidayoq top-10 dagi sportchi bilan jang tashkillashtirdi. Rossiyalik sportchi UFCga Fight Nights chempioni sifatida kelgan. Uning birinchi raqibi Alistar Overim bo'ldi. Biroq, Sergey bu jangning birinchi raundidayoq nokaut bo'ldi.

UFCga deyarli bir qo'llik jangchini olib kelishga harakat qildi. Nik Nyuell –  eng mashhur bir qo'llik jangchi. Uning bir qo'li deyarli ishlamasligiga qaramay, sog'lom sportchilar bilan jang qilgan, jang qilganda ham ularni doim mag'lubiyatga uchratgan. Nogiron bo'lganligi sabab Dana Uayt uning UFCga kelishiga qarshilik qildi. Lekin, shunday bo'lsada Ali uni UFCga olib kirishiga biroz omad etmadi. Nik Nyuell hal qiluvchi jangda mag'lubiyatga uchradi. 


"Bellator" sobiq chempioni Vitaliy Minakovni promoushenga qaytardi. Vitaliyning "Bellator"dan ketishiga sabab moliyaviy masalalar edi. Abdel-Aziz yordami bilan Minakov "Bellator" bilan yangi shartnoma imzoladi. Endilikda Vitaliy har bir jangi uchun taxminan 300 ming dollar olmoqda.

Dmitriy Smolyakovni UFCga qaytardi. Smolyakov UFCda ikkita jang o'tkazib, ikkala bahsda ham muddatdan avval mag'lub bo'lganidan so'ng ko'rinmay qolgandi.

Lekin Abdel-Aziz harakatlari bilan aprelda NFLning yulduzi Greg Xardiga qarshi jang olib boradi. 

30 foiz PFL (Professional Fighters League) jangchilari Abdel-Azizning mijozlari hisoblanadi. PFLga yoqmasa ham, Abdel-Aziz bu tashkilotni monopoliyaga aylantirib yuborgan. Uning ikkita mijozi 2018 yilda PFL chempioni bo'ldi. Ularning har biri shu yili bir million dollardan pul topishgan.


sports.ru sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 mar 22:07:49
Muhammad Ali
Inson ALLOHdan sorab biror narsaga intilsa albatta eriwadgan narsasiga ziydarogi bn yetiwadi insha ALLOH
   
16 mar 17:14:41
Dr.Don 101
   
16 mar 17:14:36
Dr.Don 101
   
16 mar 17:14:25
Dr.Don 101
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing