So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

15 may 07:46
Yangiliklar

Engil atletika

Uch karra Osiyo o'yinlari g'olibasi - Svetlana Radzivil!

Bugun O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Svetlana Radzivilning professional yo'li haqida hikoya qilib berishga qaror qildik.

Svetlana engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishiga ixtisoslashgan o'zbekistonlik sportchimizdir.

U engil atletikadagi faoliyatini ko'pkurash bilan shug'ullanishdan boshlagan va bu yo'nalishda ko'plab musobaqalarda qatnashgan. Keyinchalik esa balandlikka sakrash bilan astoydil shug'ullana boshladi.

Uning birinchi yirik starti 2002 yilda Kingstonda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib, unda o'zbekistonlik sportchi 1,70 metrga sakrab, 19-o'rinni egallaydi. Xalqaro miqyosdagi birinchi muvaffaqiyati esa 2004 yilda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi kumush medaliga to'g'ri keladi.

Svetlana 19 yoshida bir mavsum ichida uchta yirik musobaqaning oltin medal sohibasiga aylandi. Bular yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati, o'smirlar o'rtasidagi qita va jahon chempionatlaridir. Bu davrda u allaqachon 1.90 metr balandlikni zabt etib ulgurdi.

Radzivil 2010 yil Osiyo o'yinlarida 1,95 balandlik bilan g'olib bo'lgan. 2011 yil hamyurtimiz Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi va jahon chempionatida sakkizinchi bo'ldi. SHuningdek, u 2014 yilda yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yuqori natijalarni ko'rsatdi – 1.96 metr (yopiq inshootlardagi shaxsiy rekord). Bu natija bilan hamyurtimiz Osiyo chempionati g'olibga aylandi.

2018 yilga kelib esa, Svetlana Osiyo o'yinlarining uch karra chempioniga aylandi. SHu bilan birga hamyurtimiz musobaqa rekordini ham yangiladi – 1.96 metr.

Svetlana Radzivil xalqaro turnirlardagi g'alaba va medallar shodasidan tashqari davlat mukofotlarini ham qo'lga kiritgan:
• «SHuhrat» medali (2007),
• «Do'stlik» ordeni (2013),
• O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi (2019).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing