So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 0 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

12 apr 11:29
Yangiliklar

Kurash

Uch kurashchimiz Eronda o'tkazilayotgan Pahlavon Mahmud turniri 1/2 finaliga chiqdi + FOTOGALEREYA

Eron Islom Respublikasining Esferayen shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirida dunyoning ko'plab davlatlaridan sara kurashchilar gilamga chiqyapti. Yurtimiz sharafini Rizamat Soliev murabbiyligidagi terma jamoamiz kurashchilari himoya qilishmoqda. 

Kurash bahslariga 50 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi "Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena" mezbonlik qilmoqda. Kecha musobaqaning ilk kuni belgilangan ikkita vazn toifasida saralash bellashuvlari o'tkazilib, 1/2 finalga yo'l olgan kurashchilar malum bo'ldi. 

To'rt nafar kurashchimizdan birgina Umar Bozorov (-90 kg) saralash bosqichida tojikistonlik polvonga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Alixon Nodirov (-90 kg), Asror Hamidov (+90 kg) va eng sovrindor kurashchimiz Muhsin Hisomiddinov (+90 kg) 1/2 final ishtirokchisiga aylanishdi. 

Birozdan so'ng boshlanadigan 1/2 finalda Alixon Nodirov tojikistonlik Haqnazar Nazarovga, Asror Hamidov yana bir tojik kurashchisi SHarifjon Nazirovga, Muhsin Hisomiddinov esa rossiyalik polvon Anton Brachovga qarshi gilamga chiqadi.

Malumot uchun, musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 10 000 AQSH dollari bo'lib, g'oliblar 3000 dollarga ega bo'ladi. Kumush medal sohiblari 1000, bronza medalga ega chiqqanlar o'z hamyonlarini 500 dollarga boyitib olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing