So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

16 sen 10:00
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Uch nafar parasuzuvchimiz Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'ldi

9-15 sentyabr kunlari London shahrida parasuzish bo'yicha navbatdagi jahon chempionati o'tkazildi.

Kecha musobaqaning so'nggi kun bahslari bo'lib o'tdi. Jumladan, 50 metrga erkin usulda suzish bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Aniqrog'i, ushbu masofaga suzishda Islom Aslanov ikkinchi, Muzaffar Tursunxo'jaev esa uchinchi natijani qayd etdi va ular mos ravishda kumush hamda bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Takidlash kerakki, ushbu musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8ta medalga ega chiqdi. SHu tariqa parasuzuvchilarimiz 60 ta davlatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu jahon chempionatida umumjamoa hisobida 20-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Yana bir quvonarli jihati, Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining qaroriga ko'ra ushbu jahon chempionatida 1- va 2- o'rinni egallagan sportchilar kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishdi. Aniqroq aytganda, SHoxsanam Toshpo'latova, Islom Aslanov hamda Firdavs Musabekovlar Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Qolgan sportchilarimiz esa bu yo'lda muhim reyting ochkolariga ega bo'lishdi.

Qahramonlarimiz London - Istanbul - Toshkent yo'nalishi bilan 17 sentyabr kuni erta tongda yurtimizga qaytib kelishadi deb xabar bermoqda O'zbekiston Paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati. 

Quyida jahon chempionati sovrindorlari bilan tanishing:

SHoxsanam Toshpo'latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;

Islom Aslanov – 3 ta kumush;

Firdavs Musabekov – 1 ta kumush

Nigora Mirzoxidova – 1 ta bronza

Muzaffar Tursunxo'jaev – 1 ta bronza

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing