So’nggi yangiliklar

19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0

31 okt 02:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC 267. Daxshatli tarzda kechgan oqshomning to'liq natijasi

Teglar :  UFC 267
Abu-Dabi shahrida navbatdagi UFC kechasi yakunlandi.



YANGILASH



To'liq kard

Asosiy kard

Yan Blaxovich — Glover Teysheyra* — yarimog'ir vazn chempionligi uchun jang

Pyotr Yan — Kori Sendxagen — engil vaznda vaqtinchalik kamar uchun jang

Islam Maxachev — Den Xuker

Aleksandr Volkov — Marchin Tibura

Xamzat CHimaev — Li Jinliang

Magomed Ankalaev — Volkan Ozdemir


Prelium kard

Amanda Ribas — Virna Yandiroba

Rikardo Ramos — Zubayra Tuxugov

Albert Duraev — Roman Kopilov

Elizeu Zaleski dos Santos - Benua Sent-Deni

Mixal Olekseychuk — SHamil Gamzatov

Makvan Amirxani — Leron Myorfi

Xu Yaozong — Andre Petroski

*Tagir Ulanbekov — Alan Nasimento.


*Qora bilan belgilab qo'yilganlar g'oliblikni qo'lga kiritgan


02:14. Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Yan Blaxovich Glover Teysheraga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ikkinchi raundda Glover chempioni bo'g'ib qo'ydi

02: 09. Birinchi raund yakunlandi. Hozircha davogar ancha yaxshi harakat qilmoqda

02:03. Jang boshlandi

01:57. Jang ishtirokchilari oktagonga chiqishmoqda

1:48. Bizda so'nggi jang qoldi

1:43. Besh raund davom etgan bahsda Yan to'liq ustunlikka erishdi va g'alabani qo'lga kiritdi.

1:35. To'rtinchi raund yakunlandi. Yan to'liq ustunlikka erishmoqda. Yan raunddan raundga kuchaymoqda

01:28. Sal qolishiga sal qoldi. Yan raqibini tutishga erishdi va nokdaun qildi, biroq Kori amallab qutilib qoldi

01:25. Jangning dastlabki ikki raundi yakunlandi. Hozircha har ikkisi ham bir biridan qolishmayabti

01:10. Kechaning Co Main Event jangida Petr Yan Kori Sendxagenga qarshi oktagonga ko'tarildi.

01:04. Blaxovich jangga tayyor

0:46. Islam jangning boshidan raqibini parterga tushirdi va birinchi raundning ikkinchi daqiqasida o'g'ritish usuli bilan mag'lub etdi

00:30. Aleksandr Volkov zerikarli kechgan bahsda g'alaba qozondi

00:26. Ikkinchi raund yakunlandi. Ikkinchi besh daqiqalikda tenglik

00:25. CHempion arenaga etib keldi

0:19. Volkov birinchi raundda ustunlik qildi

00:00. Navbatdagi jangda og'ir vazn jangchilari oktagonga ko'tariladi

23:54. Hozirgina uzoq tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan Xamzat CHimaev Li Jinliangga qarshi jang qildi. Jangning birinchi raundida Xamzat raqibini bo'g'ib qo'di

23:50.Xasbikning raqibi Abdurozik ham Abu-Dabida UFC 267 kechasida 

23:46. Xasbik va uning muxlisi...

23:40. Navbatdagi jangda muxlislarning yoqimtoylaridan biri Xamzat CHimaev Li Jinliangga qarshi oktagonga ko'tariladi.

23:33. Magomed Ankalaev Volkan Ozdemirni mag'lub etdi va qatorasiga ettinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Katta ehtimol bilan rossiyalikning navbatdagi raqibi TOP-3 dan bo'ladi


23:29. Den Huker tayyorgarlikni boshladi

23:22. Ankalaev - Ozdemir jangining ilk raundi yakunlandi. Hozircha tenglik


23:15. Asosiy kard janglarini Magomed Ankalaev va Volkan Ozdemir boshlab berishmoqda

23:00. Prelim janglarining so'nggisi ham yakunlandi. Bu jang ham to'liq davom etdi va hakamlar bir ovozdan Ribasning g'alabasini elon qilishdi.

22:47. UFC rahbari Dana Uaytning yoqimtoyiga aylanayotgan Xasbik UFC 267da mehmon...

22:41. Oqshomning so'nggi prelim jangi boshlanmoqda. Oktagonga nozik jins vakillari Amanda Ribas — Virna Yandiroba bahs olib borishadi

22:35. Jang yakunlandi. Zubayra Tuxugov o'zi uchun muhim g'alabani qo'lga kiritmoqda.

22:29. Li Jinliang Xamzatga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi... Uning kiymida "Fight for Familiy", yani "Oilam uchun kurashaman"

22:27. Ikkinchi raund yakunlandi. Zubayra katta ehtimol bilan ikkinchi raundni ham oldi

22:20. Birinchi raundda har ikki jangchi ham ajoyib harakat qilishdi va bir birlarining qoshlarini yorishga erishishdi

22:15. Zubayra Tuxugov oktagonga chiqib kelmoqda

22:09. Jang yakunlandi. Navbatda super bahsda Duraev raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.

22:00. Navbatdagi daxshatli  to'qnashuv. UFC 267 kechasi yonmoqda. Albert Duraev — Roman Kopilov o'rtasidagi ikkincbi raundda Duraev raqibini chehrasini qip-qizil qilib "bejab" qo'ydi. Romanning yuzidan qon suv bo'lib oqmoqda.

21:51. Hamzat CHimaev arenaga etib keldi

21:41. Endi navbat rus derbisiga

21:40. Yil jangiga nomzodlardan biri bo'lishi aniq. Agar imkon bo'lsa, bahsni to'liq ko'rib chiqish kerak, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz...

21.39. "Qonli to'qnashuv". Oqshomning eng zo'r jangi uchun berilgan bonuslar olish uchun asosiy davogarlar Elizeu Zaleski dos Santos - Benua Sent-Deni. Uch raund davomida jangchilar super jangni muxlislarga taqdim etib berishdi. Benua Sent-Deni ikkinchi raundda "o'chib" qoldi lekin so'nggi soniyalarga qadar super jang ko'rsatib berdi. Ochkolar hisobiga ko'ra dos Santos g'alaba qozondi.

21:08. Elizeu Zaleski dos Santos - Benua Sent-Deni oktagonga chiqib kelishmoqda

SHamil Gamzatov Mixal Oleyseychuk jangi birinchi raundda yakunlandi. Jangning ilk besh daqiqaligida Mixal raqibiga birin ketin kuchli zarbalar yo'lladi va raqibini nokautga uchratdi.

21:05. Oqshomning ilk jangida Xabib Nurmagomedovning sherigi Tagir Ulanbekov Alan Nasimentoga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.


Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing