So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

08 iyu 15:24
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC'ning istiqbolli jangchisi bo'lishi kutilgan Zabit Magomedsharipov hozir qaerda va nimalar bilan mashg'ul?

Zabit Magomedsharipov nega UFC’dan ketdi? U yana jang qiladimi?

Zabit Magomedsharipov MMA’ning yorqin jangchilaridan biri edi, ammo u o'z salohiyatini to'la-to'kis namoyish etma olmagandi. Zabit 2019 yilning noyabridan beri jang o'tkazmadi va o'tgan yili yozda faoliyatini yakunlashini malum qilgandi. Ko'pchilikda savol tug'ilishi tabiiy: u hozir nimalar bilan mashg'ul, UFC’ga qaytadimi yoki yo'q?




"U yaxshi. Magomedsharipov biznesga qiziqib qolgan. U kiyim-kechak sotadi va tibbiyotni ham rivojlantirmoqda. Zabit nega faoliyatini yakunlaganining aniq sababi malum emas. Salomatlik bilan bog'liq muammolar, UFC rahbariyati bilan ziddiyat, janglarga qiziqishning yo'qolishi kabi ayrim ehtimoliy sabablar mavjud. Balki din tasir qilgandir. Men undan qayta-qayta so'radim. Zabit o'ta dindor shaxs. Menimcha, u boshqa jang qilishni istamayapti. 32 yoshli sportchining akasi ham jang qiladi, biroq onda-sonda", – deydi jurnalist Ariel Xelvani. 

Xelvanining versiyasi to'g'riga o'xshaydi, chunki Magomedsharipov ijtimoiy tarmoqlarda ko'pincha din mavzusiga to'xtalib o'tadi. 2022 yilning aprel oyida u sog'liqni saqlash markazidan fotosurat joylashtirish orqali kasbini o'zgartirishiga ishora qilgandi: "Yaqinda Maxachqalaning tibbiyot olamida yangi nom paydo bo'ladi".




Dog'istonlik sobiq jangchi uchun bu birinchi biznes emas. "Ultimate Fighter" ko'rsatuvi ishtirokchisi Timur Valievning so'zlariga ko'ra, u MMA’dagi karerasini yakunlashidan avval ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelgan. Ayni dam Zabit o'z kiyim brendini ochgan hamda Maxachqalada ko'plab oziq-ovqat do'konlariga egalik qiladi. Qolaversa, O'zbekistonning kiyim-kechak va poyabzal sotishga ixtisoslashgan "Buka Boxing" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

 




Magomedsharipovning do'stlari va sparring sheriklarining gaplariga quloq tutsak, uzoq vaqt tanaffusga qaramay, u hamon o'z formasini saqlab turibdi. Misol uchun, Bellator jangchisi Magomed Magomedov shunday deydi: "O'ylashimcha, agar u hozir urushadigan bo'lsa, aniq raqibini mag'lub etadi. Hozir ham zalga kim kelsa, urushsa har qanday bolaning "mazasini qochirish"ga qodir. Zabit tinim bilmaydi, doim sport bilan shug'ullanadi. Sportchi mashg'ulotlarni o'zidan chiqarib tashlashi juda qiyin. U shuncha yil jang qildi, tanasi yuklarni talab qiladi. Uning mahorati pasayganmi? Menimcha, u avvalgidan ham kuchayb ketgan". 

Zabit UFC’ni tark etdi, ammo sportni emas. Ayni dam u murabbiy bo'lib ishlamoqda. Sobiq jangchi hozirda bor etiborini Bellator’da jang qiladigan ukasi Hasanning karerasiga qaratgan. Rafael Gudson bilan jang arafasida mashg'ulot jarayonida akasining roli katta ekanligini Hasan tan oldi.





"Zabit hamma narsani nazorat qiladi va ko'plab maslahatlar beradi. U har kuni kelmaydi, biroq mening sparringlarimni kuzatib boradi. Jang olib borishimni ko'radi, xatolarimni aytadi, yaxshi maslahatlar beradi. Men buni doim aytganman, Magomedsharipov kuchli tanqidchi. U o'zi uchun yaqin bo'lgan insonlarni qattiq tanqid qiladi. Men uning nega tanqid qilishini bilaman, boisi bundan ham yaxshiroq bo'lishimni istaydi",  – deydi Bellator jangchisi Hasan. 

Gudson bilan jang tez tugagan edi. Hasan uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi o'shanda. 22 yoshli jangchi Bellator chempioni bo'lishga va UFC’ga o'tishga vada berib, ketma-ket 8 jangda g'alaba qozonib kelmoqda. Zabit nafaqat ukasini mashq qildiradi, balki bolalar bilan ishlashni ham yoqtirishini tan oladi. Takidlash joiz, u bir necha yil ichida o'z tajriba va ko'nikmalarini yoshlarga ulashishini ham yashirib o'tirmagan.  

Dog'istonlik sportchi faoliyatini yakunlaganiga bir yil to'ldi, biroq uning oktagonga qaytishi so'roq ostida turibdi. Xabib Nurmagomedov ham Zabitning atrofidagi mish-mishlarga fikr bildirib o'tgan edi: "Agar unda hamon qiziqish bo'lsa, barcha narsa bo'lishi mumkin. Mendan farqli o'laroq, u onasiga hech narsa vada qilmagan..."

Xo'sh, sizningcha Zabit Magomedsharipov UFC’ga qaytadimi?



Sports.ru saytidan Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing