So’nggi yangiliklar

23:05Юнон-рум кураши. Икки нафар ҳамюртимиз лицензион турнирдаги иштирокини якунлади 0 18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0

26 noy 08:41
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

UIPMga azo Milliy federaciyalarning onlayn yig'ilishi o'tkazildi

Unda Zamonaviy beshkurash xalqaro uyushmasi (Union Internationale de Pentathlon Moderne (UIPM) prezidenti, doktor Klaus SHormann boshchiligidagi Ijroiya qo'mitasi azolari va 63 ta milliy federaciya, jumladan, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi masullari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi asosiy masala – Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida zamonaviy beshkurash musobaqalarining yangi formatini muhokama qilishga qaratilgan.

Onlayn yig'ilishda doktor Klaus SHorman hamda tashkilotning birinchi vice-prezidenti kichik Xuan Antonio Samaranch nutq so'zladi. Janob Samaranch zamonaviy beshkurash musobaqalari formatini o'zgartirish vaqti kelganini takidladi. Ularni dinamik jihatdan, davomiyligi qisqartirilgan, hayajonli va tomoshabop o'tkazish taklifini bildirib o'tdi.

Yig'ilish ishtirokchilariga yangi formatdagi zamonaviy beshkurash musobaqalari haqida hisobot taqdim etildi.

So'nggi ikki yil ichida UIPM rahbariyati jamoasi olimpiya sport turlarini o'rganish, tahlil qilish va muhokama qilish bilan shug'ullangan. Ushbu davrda XOQ prezidenti Tomas Bax tashkilot vakillari bilan o'tkazgan 4 ta uchrashuvi musobaqalar formatini o'zgartirishga bag'ishlandi.

«O'zgartiring, aks holda sizni o'zgartirishadi», dedi bu borada Tomas Bax.

XOQ yangi formatdagi musobaqalar javob berishi kerak bo'lgan quyidagi talablarni aytib o'tdi.

1. Yoshlar va muxlislarga qaratilgan bo'lishi;

2. Ommaviy axborot vositalari uchun jozibali ko'rinishi;

3. Ko'proq hayajonga solishi;

4. Davomiyligi qisqa bo'lishi;

5. XOQning 2020 yilgi dasturi hamda yangi meyorlarga muvofiqlashtirilgan bo'lishi kerak.

Xalqaro federaciyalarning Olimpiya o'yinlaridagi faoliyati XOQ tomonidan 5 asosiy tamoyil – televidenie, raqamli ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, tomoshabinlar va matbuotni hisobga olgan holda baholanadi. Ushbu ko'rsatkichlar XOQ uchun xalqaro federaciyalarni moliyalashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. UIPM ham muvaffaqiyatli ishlashiga qaramay, past ko'rsatkichlar tufayli so'nggi navbatda moliyalashtiriladigan federaciyalar ro'yxatiga kiritilgan.

SHunday qilib, zamonaviy beshkurash musobaqalarining yangi formati yaratilib, Parij-2024 Olimpiadasini tasdiqlash uchun XOQga taqdim etildi. SHuningdek, yana bir bor mikst estafetani Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish masalasi ham ko'tarildi.

Demak, zamonaviy beshkurash musobaqasining yangi formati quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

• Qilichbozlik bo'yicha reyting raundi asosiy musobaqadan bir kun oldin boshqa sport maydonchasida o'tkaziladi, 1 g'alaba uchun 5 ochko beriladi.

• Asosiy musobaqa 90 daqiqa davom etadi va quyidagi ketma-ketlikda o'tkaziladi:

1. Konkur – 12 sakrash;

2. Qilichbozlikning bonusli raundi – g'alaba uchun 2 ball;

3. Suzish – o'zgarishsiz qoldi (200 m);

4. Lazerli yugurish (lazer-ran) – 600 m yugurish – 1 ta aylana;

• yo'nalishlar orasidagi tanaffus – 10 daqiqa.

• saralash musobaqalarida 36 nafar sportchi, yarim finalda 18 nafar, finalda 12 nafar sportchi ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing