So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

01 iyu 20:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog'istondagi sport festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi

Malumki, Qoraqalpoq zamini o'zbek sportiga bir necha istedodlarni, sportimizning yulduzlarini etishtirib bergan.

Futbolchilar Berdax Allaniyazov, Quvvat To'raev, Nemetilla Quttiboev, muaytaychi Erkinboy Quttiboev, karatechi Rustam Kazakov, og'ir atletikachi Rustam Jangabaev, qilichboz Zaynab Dayibekovalar shular jumlasidandir.Bugun ana shunday sport yulduzlarini tarbiyalagan Qoraqalpog'istondagi "Turon" stadionida katta sport festivalining asosiy tadbirlari boshlandi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi va so'zga chiqdi."Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi tarixda ilk marotaba maktabgacha talim muassasasi bilan hamkorlikda ish boshlamoqda. Avvallari bunaqasi kuzatilmagan. Mana, bugun bir qator tadbirlarda ishtirok etib, maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilariga Prezidentimiz sovg'alarini topshirdik. Asosiy maqsadimiz, ularda sportga bo'lgan qiziqishni oshirish. Umid qilamizki, kelajakda ulardan kuchli sportchilar etishib chiqadi. Kim biladi, balki bugun biz bo'lajak futbol yulduzlari bilan bir safda turgandirmiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbirning ochilish marosimida MOQ rahbari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi raisi Musa Erniyazovga esdalik sovg'asini topshirdi.

SHu tariqa, festivalning asosiy qismiga start berildi.


Suratlar muallifi Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing