So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

17 jan 11:39
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Qilichbozlik, Velosport, Dzyudo, Og'ir atletika, Tadbirlar, Futbol, Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Umid Ahmadjonov: "Tokio-2020 Olimpiadasidagi natijamiz avvalgisidan ham yaxshiroq bo'ladi"

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov o'zining bo'lajak rejalariga oydinlik kiritdi.

Bu haqida "Daryo" internet-nashri xabar qilmoqda.

O'FF prezidenti sifatida faoliyat boshlaganimga 1 yil ham to'lmagandi. Uning faoliyatini tubdan o'zgartirish ishlari bilan band bo'lib turganimizda, oldimizga navbatdagi masuliyatli vazifa qo'yildi. Endi nafaqat futbol, balki mamlakat sportni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak bo'ladi.

Mamlakat rahbariyatining ishonchidan boshim ko'kka etdi. Sport sohasini ko'tarishga jiddiy etibor berilayotganini 2017 yilning o'zida chiqarilgan qarorlar ham ko'rsatib turibdi. Bundan tushunish mumkinki, sohamizni rivojlantirishni birinchi navbatda prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning o'zlari istamoqdalar. Nafaqat istak, balki bu yo'lda nima kerak bo'lsa, hukumat unga zamin yaratib berishga tayyor ekani har qanday kishiga qo'shimcha motivaciya beradi.

To'g'ri, Rioda sportchilarimiz ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ammo ahamiyat bergan bo'lsangiz, SHavkat Miromonovich nafaqat boksda, balki sportning qolgan turlarida ham katta o'sishga erishishimiz kerakligini takidladilar. Ishonamanki, Tokio-2020 Olimpiadasidagi natijamiz avvalgisidan ham yaxshiroq bo'ladi. Biz bu yo'lda jiddiy mehnat qilishga tayyormiz.

Aytganimdek, O'FFni qabul qilganimda 1 yil ham to'lmagandi. Biroq MOQ butunlay boshqa masala. Bunda sportning birgina emas, barcha turlari mujassam. Tez orada Olimpiada o'yinlariga licenziya taqdim etuvchi musobaqalar boshlanadi. Qolaversa, oldimizda Osiyo Olimpiadasi bizni kutib turibdi. Demak, MOQda ish qaynaydi.

Ammo unutmaslik kerakki, bizdan shunchaki ishlash emas, jon berib ishlash, fidoyi bo'lish talab etiladi. Demak, imkoniyatimizdan maksimum foydalanishga harakat qilishimiz shart. Rejaga ko'ra, 25 yanvar kuni O'FFning navbatdan tashqari konferenaciyasini o'tkazamiz. Unda tashkilot nizomiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. SHuningdek, rahbariyatda ham o'zgarish bo'ladi.

Biroq bu futboldan chetlashishim yoki boshlangan ishlar yakuniga etishini bildirmaydi. Boshlangan ishlar shu yo'sinda davom etadi va barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, nafaqat millionlar o'yinini, balki sportning qolgan turlarini ham ko'tarishga harakat qilamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing