So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

25 fev 11:37
Yangiliklar

Boshqalar

Universiada. G'oliblar respublika final bosqichida ishtirok etadi + FOTO

Kecha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy o'quv yurtlari talabalarining Universiada sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan badminton va Street workouyt (ko'cha sporti) bo'yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zDJTSUning gimnastika zalida yuqori saviyada tashkil etilgan "Street Workouyt" (ko'cha sporti) bahslarida o'g'il bolalar va qizlardan iborat mezbon jamoalar raqiblaridan ochkolar hisobiga ustun kelib, birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi o'rinni o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida CHirchiq davlat pedagogika instituti jamoasi egalladi.

O'zDJTSUning manejida tashkil etilgan badminton bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda ham mezbonlarning qo'li baland kelib, birinchi o'rinni band etishdi. Musobaqalar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.

Universiada sport o'yinlarining belgilangan nizomiga muvofiq, ushbu musobaqalarda g'olib bo'lgan jamoalar endi respublika final bosqichlarida ishtirok etishadi.

- Yaqinda CHirchiqda o'tkazilgan Universiada sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan belbog'li kurash bo'yicha respublika final bosqichida ham talabalarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, universitetimiz sharafini munosib himoya qilishgan edi deydi, - O'zDJTSU "SKUF" sport klubi raisi o'rinbosari To'raqul Rahmonov. - Bugungi viloyat saralash bahslarida talabalarimiz finalga yo'llanmani naqd qilishdi. Niyatimiz, Toshkent viloyati terma jamoasi respublika final o'yinlarida ham birinchi bo'lish.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing