So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

24 iyu 20:46
Yangiliklar

O'q otish

Urganch tumani yosh merganlari Viloyat kubogi sohibi + FOTO

Teglar :  O'q otishXorazm
O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xiva tumani o'quv sport texnika klubi bazasida pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha Xorazm viloyat kubogining final bosqichi o'tkazildi.

Viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan “Men g'olib!” shiori ostida o'tkazilgan mazkur musobaqada vohaning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 18 ta jamoaning 70 nafarga yaqin sportchisi g'oliblik yo'lida merganlik mahoratini namoyish etishdi.

Sarhisoblarga ko'ra, Kubok bahslarining to'rt bosqichi yakuni bo'yicha pnevmatik miltiqdan o'q otish birinchiligida Bog'ot  tumani o'quv sport texnika klubi azosi Nilufar Yo'ldosheva qizlar orasida, Urganch tumani O'STK sportchisi Temurbek Abdullaev o'g'il bolalar o'rtasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi.

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish musobaqasida Urganch tumani vakillari Risolat Qurbonova va SHohruxxon Yusufov mos ravishda birinchi o'rindan joy olishdi.

SHuningdek, Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazidan Diyorbek Ochilov, SHovot tumanidan Sevara Abdullaeva, SHukurjon Odamboeva, Bekzod Komilov, Xiva tumanidan Laylo Rahimova, Xolbek Ollayorov, Bog'ot tumanidan Laylo Sultonova, Qo'shko'pir tumanidan SHahzod Saparboev va “Karvon” o'quv sport texnika klubidan Og'abek Mahmudov sovrindor bo'lishdi.

Joriy yilgi Xorazm viloyati kubogining g'olib va sovrindorlarini viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov qutlab, barchasini medal, diplom va sovg'alar bilan taqdirladi.

Umumjamoa hisobida esa 2021 yilgi Xorazm viloyati kubogi Urganch tumani O'STK merganlariga topshirildi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xiva tumanidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing