So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

02 iyu 19:03
Yangiliklar

Velosport

Urganchda bayramona fayz ulashgan velomarafon FOTOGALEREYA

Malumki, har yili 3 iyun sanasi er yuzida Xalqaro velosiped kuni sifatida keng nishonlanadi.

SHu munosabat bilan yurtimizda ham turli tadbirlar uyushtiriladi. Jumladan, Urganch shahrida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo'mitasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi viloyat bo'limi hamkorligida velomarafon tashkil etildi.

Unda vohaning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 200 nafarga yaqin velosiped ishqibozlari viloyat markazidagi CHolish yo'li bilan kesishgan chorrahadan “Baxt qushi” to'yxonasigacha bo'lgan 2 kilometr masofani bosib o'tishdi. Musobaqa uch yosh toifasida bo'lib o'tdi.

- Malumki, velosiped ekologik jihatdan eng toza transport vositasi hisoblanadi, - dedi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Madaminov. - Bugungi kunda dunyoning bironta joyi yo'qki, velosipeddan faydalanilmasa. 

Binobarin, bu transport turi nafaqat kishilarning uzog'ini yaqin qiladi, balki atrof-muhitni toza tutishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning barobarida, insonlarning sog'ligini mustahkamlashda va sport bilan shug'ullanishida yordam beradi.

Velomarafonning ayollar o'rtasidagi 18-30 yoshlilar bahsida yangibozorlik SHahrizoda Saparbaeva, 31-45 yoshlilar musobaqasida xivalik Barno Quryozova, 45 yoshdan katta bo'lgan qatnashchilar bellashuvida xazorasplik Anaxon Begievalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

- Yoshligimdan velosipedda sayr etishni xush ko'raman, - dedi Urganch tumanining Yuqori Do'rman qishlog'ida yashovchi 64 yoshli Roza Ahmedova. - SHu bois bo'lsa kerak, hozirgacha tetikman. Bundan oldin ham bir necha marotaba musobaqalarda qatnashganman. Niyatim - g'olib chiqish emas. 

Velomarafonda ishtirok etishimning asosiy sababi shuki, avvalambor sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, qolaversa, o'sib kelayotgan avlodga velosiped haydashning foydasini, yosh tanlamasligini amalda ko'rsatishdir. 

Mubolag'a emas, bunday fikr-mulohazalarni yoshi 60 dan oshgan Urganch shahrida yashovchi Hurjon Bekniyozova, Rimma Ermatova, Urganch tumanida istiqomat qilayotgan Xonimjon Bobojonova, Xonqa tumanidan Muhabbat Do'sova singari ko'plab faxriy onaxonlardan ham eshitdik.

Erkaklar musobaqasining tegishli yosh toifalarida Islom Rahmonov (Urganch tumani), Kamoliddin Bekyazov (Xazorasp tumani) va G'ayrat Avazboev (Gurlan tumani) birinchi o'rinni egalladi. 

- O'zim O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xazorasp tumani o'quv-sport texnika klubida murabbiy bo'lib ishlayman, - dedi velomarafonning 31-45 yoshlilar g'olibi Kamoliddin Bekyazov. - Bunday musobaqada ilk bor qatnashayapman. Omadni qarang, zafar quchdim. Nasib qilsa, bundan keyin ham ishtirokimni to'xtatmayman. Hatto, buni farzandlarimga ham tavsiya qilaman.

Tadbirning yopilish tantanasi bayramga aylanib ketdi. Xorazmcha sho'x kuy va qo'shiqlar yangrab davraga fayz olib qirdi. O'z navbatida velomarafon qatnashchilari raqsga tushib, madaniy xordiq ham chiqarishdi.

Taqdirlash  marosimi avvalida Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari S.Salaev, O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi Innovaciya va axborot texnologiyalari bo'lim mudiri K.Norqulova so'zga chiqib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ularning mazmun va ahamiyati haqida to'xtalib o'tishib, barchani o'ziga xos bayram bilan muborakbod etishdi.

Navbati bilan g'olib va sovrindorlar, shuningdek, nominaciyalarga loyiq ko'rilgan sportchilar munosib taqdirlanishdi. Ushbu tadbir doirasida velosport bo'yicha yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan  Bekzod Rahimboev ham sharaflandi. Unga zamonaviy sport velosipedi tuhfa etildi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing