So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

19 avg 16:02
Yangiliklar

Velosport, Engil atletika

Urganchda duatlon bo'yicha g'oliblar aniqlandi + FOTO

Teglar :  DuatlonXorazm
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan o'quv-mashq maydonida duatlon bo'yicha Xorazm viloyati kubogining birinchi bosqichi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan yoshlarni sportning texnik va amaliy turlariga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularni sog'lom ruhda voyaga etkazish maqsadida belgilangan reja asosida sport musobaqalari o'tkazib kelinayotir.

Xususan, Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan o'quv-mashq maydonida duatlon bo'yicha tashkil etilgan Xorazm viloyati kubogining birinchi bosqichi ham ana shular sirasiga kiradi.

“Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uyushtirilgan mazkur musobaqada vohaning shahar va tumanlaridan kelgan 60 nafarga yaqin o'g'il va qizlar o'zaro kuch sinashdi.

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, katta yoshli, yani 2001-2003 yillarda tug'ilgan duatlonchilar birinchiligida Gurlan tumani o'quv sport texnika klubi azosi Zumrad O'razmetova qizlar orasida, Urganch avtomobil sport texnika maktabi sportchisi Norbek Jumaniyozov o'g'illar o'rtasida birinchi o'rinni egalladi.

Kichik, 2004-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar musobaqasida shovotlik Zuhra Ro'zimova va Qo'shko'pir tumanidagi “O'rtayop” o'quv-sport texnika klubi vakili Otabek Omonboev g'olib bo'ldi.

Umumjamoa hisobida Gurlan tumani jamoasi duatlonchilari shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarildi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing