So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

24 sen 11:37
Yangiliklar

Karate

Urmia Open. Karatechilarimiz Erondagi musobaqada 3 ta medal qo'lga kiritishdi FOTOGALEREYA

Eron Islom Respublikasining Urmiya shahrida karatening olimpiya oilasiga mansub WKF yo'nalishi bo'yicha URMIA OPEN turniri bo'lib o'tdi.

Yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan ushbu xalqaro musobaqada Azizbek Bo'riev murabbiyligidagi o'zbekistonlik karatechilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz Urmiyadagi turnirda jami 3 ta medalni qo'lga kiritishdi.

16-17 yoshlilar o'rtasidagi musobaqaning -55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etgan Ulug'bek Aliboev 6 ta jangda raqiblaridan ustun kelib, finalga yo'l oldi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bahsda esa omad mezbon sportchiga kulib boqdi.

-68 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHohruh Tursunmaxammatov ham 5 ta bellashuvni o'z foydasiga hal qilib, finalga yo'l oldi. Afsuski, bu safar ham eronlik karatechi finalda kuchli ekanini isbotladi. 

-76 kg vaznda qatnashgan Quvonch Muhammadiev final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda yutqazib qo'ydi. Lekin 3-o'rin uchun kechgan bahsda raqibini mag'lub etib, musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi. 

Tan olish kerak, Eron nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahonda ham kuchlilar qatoriga kiradigan davlatlardan biri hisoblanadi. SHu bois, bu kabi turnirlarda ishtirok etish o'sib kelayotgan yosh sportchilarimiz uchun yaxshigina tajriba maktabi vazifasini o'tab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing