So’nggi yangiliklar

08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0

11 jan 19:12
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Usikning sobiq raqibi va jahon chempioni tarixi yoxud MMAdagi dahshatli debyutdan so'ng 4 yilga kesilgan Glovackiy

Kshishtof 37 yoshli polshalik bokschi va sobiq jahon chempioni bo'lib, professional ringda 30 dan ortiq jang o'tkazgan. Orada Aleksandr Usik bilan ham jang qilgan.

2023 yilning yozida Kshishtof MMAda g'ayrioddiy nokaut qayd etdi, biroq u yaqinda doping sababli uzoq muddatga diskvalifikaciya qilindi. Glovackiy Usikka qarshi urushgan, ammo eng mashhur jangi Briedis bilan bo'lgan. O'shanda polshalik sportchi bong yangrashi bilan bir vaqtda raqibidan jag'iga tirsak orqali zarba qabul qilib oldi. Kshishtof o'smirlik davridayoq boksga qiziqib qolgan, havaskor faoliyati davomida 120 dan ortiq jang o'tkazgan. Maktabda o'qishni tugatgach, u prof boksga qadam ranjida qildi. Katta boksga yosh kirib kelishini erta ota bo'lgani va moliyaviy ahvol sababli ekanligini aytadi. Glovackiy dastlabki 7 yilda ketma-ket 24 g'alabaga erishgan. 




Kshishtof 2015 yilda faoliyatida ilk bor vatanidan tashqarida jang qilish taklifini oldi va Marko Xekka qarshi jang qilish uchun Amerikaga yo'l oldi. Germaniyalik bokschini 11-raundda nokautga uchratgan Glovackiy birinchi og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishida jahon chempioniga aylandi. 8 oy o'tgach, u 39 yoshli Stiv Kanningem bilan duelda kamarini munosib himoya qildi. 2016 yilning sentyabrida u Usikka qarshi jang o'tkazdi. O'shanda polshalik nafaqat faoliyatida ilk bor taslim bo'ldi, balki kamaridan ham mahrum bo'ldi. Oradan ikki yil o'tgach, qahramonimiz rossiyalik Maksim Vlasovni hakamlarning yakdil qarori orqali mag'lub etib, kamarini qaytarib oldi. Kshishtofning navbatdagi jangi Butunjahon boks super seriyasi doirasida bo'lib o'tdi va janjal bilan yakunlandi.

Mayris Briedisga qarshi bo'lgan to'qnashuvning 2-raundida g'alaba qozongan Glovackiy raqib boshining orqa qismiga zarba berdi. Briedis o'zini tuta olmadi va uning jag'iga tirsagi bilan javob qaytardi. Hakam polshalik bokschi jamoasining noroziligiga qaramay, ochko olib tashlash bilan cheklandi. Raund oxirida jang ishtirokchilari qo'ng'iroqni eshitmay, zarbalar almashishni davom ettirish jarayonida, Kshishtof uchun og'ir nokdaun bilan yakunlangan yanada bahsli holat yuz berdi. Keyingi uch daqiqaning boshida u o'ziga kelishga ulgurmay, nokautga uchradi. Mayrisga imkoniyat boy berilganidan so'ng, u yana 3 ta jang o'tkazdi, lekin bir marta g'alaba qozondi xolos. Hamda 2023 yilning yanvar oyida u MMAga o'tishini elon qildi. 

Glovackiy MMAda shov-shuvli tarzda debyut qilib, raqibini nokautga uchratdi va keyinchalik doping tufayli diskvalifikaciya qilindi. 37 yoshli sportchining aralash yakkakurashlardagi ilk jangi yorqin o'tdi. Uning debyuti 2023 yilning iyun oyiga to'g'ri keldi hamda Vrashavadagi 50 000 o'rinli «Milliy» stadionida bo'ldi. KSW 83 turnirining dastlabki kardida Kshishtof Patrik Tolkachevski bilan ro'baro' kelgandi. Polshalik jang autsayderi sifatida ko'rilgan edi. Bu jang avvalida yaqqol ko'rindi, u raqib kurashiga dosh bera olmay, polga yotib olaverdi. Patrik oktagonda dominantlikni qo'lga olib, sobiq bokschiga bir necha zarbalar berdi, biroq kutilmaganda chap tomondan jag' qismiga kelgan mushtni o'tkazib yubordi va chuqur nokautga tushib qoldi. Bu paytga kelib jangning atigi bir yarim daqiqasi o'tgandi. 


Ushbu muvaffaqiyatli zarba Glovackiyga aralash yakkakurashlardagi birinchi g'alabani keltirdi hamda kechaning eng yaxshi nokauti sifatida qayd etildi. Bu holat tezda ijtimoiy tarmqolarda tarqalib ketdi. SHovqin to'lqini Kshishtofning MMA karerasiga katta turtki bo'lishi mumkin edi, ammo yanvar oyida uning doping-testida taqiqlangan moddalar aniqlandi. Namuna o'tgan qishda polshalikning so'nggi boks jangidagi mag'lubiyatdan keyin olingan. Britaniya antidoping agentligi (UKAD) sobiq jahon chempionini 4 yil muddatga professional musobaqalardan chetlashtirdi. Diskvalifikaciya 2027 yilning aprelida tugaydi, bu paytga kelib qahramonimiz qariyb 41 yoshga to'lgan bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing