So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

26 apr 12:51
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Usman barchani hayratda qoldirdi: Masvidalga qarshi kurashish uchun harakat qilmadi, shunchaki unga dahshatli zarba berdi. Namayunasning nokauti…

Teglar :  Masvidalufc 261
Xabaringiz bor, kecha AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC 261 - shunchaki dahshat !!!

Bir yildan ko'proq vaqt davomida UFC Las-Vegasda ham, Abu-Dabida ham muxlislar uchun yopildi, ammo endi turnirlarga tomoshabinlar qaytdi, shuningdek Floridadagi UFC 261 oqshomi ham nihoyat muxlislar ishtirokida o'tdi. 

15 ming tomoshabin Jeksonvillga tashrif buyurdi, ular kelganidan afsuslanishmadi: kamar uchun uch jang, har biri o'zgacha. Usman, Namayunas barchani lol qoldirdi, SHevchenkoning g'alabasi, Andradening mag'lubiyati. 13 jangdan bor yo'g'i to'rttasi hakam qarori bilan hal bo'ldi. 

Namayunas kommunizmga nafrati sababli CHjanga qarshi faol kurash olib bordi. U xitoylikni 78 soniyada nokautga uchratdi. 



Namayunas 2017 yilda UFC'ning asosiy kashfiyotiga aylandi, kutilmaganda u Yoanna Enjeychikni 3 daqiqada nokaut qildi. SHundan so'ng Rouz revansh jangida ham hakam qarori bilan g'alabaga erishdi, biroq 2019 yilning bahorida kamarini boy berdi. U Jessika Andradega yutqazib qo'ydi. 

Ammo amerikalik yanada yaxshi tayyorgarlik bilan qaytdi: oldin Andrade uchun revansh oldi va keyin yangi chempionlik jangida Veyli CHjanga qarshi ko'tarildi. Veyli faoliyati davomida bor yo'g'i bir marotaba mag'lubiyatga uchragan edi. 

Bahsdan oldin Rouz “Ushbu jang oldidan o'zimni kuchli va g'ayratli his qilyapman. “Qizil” bo'lgandan ko'ra o'lgan yaxshi. O'ylashimcha, Veylining “qizil”ligi tasodif emas. Oxirida u ushbu tizimni namoyish qiladi, menda unga nisbatan hech qanday shaxsiy adovat yo'q, ammo bu menga kuch beradi. Dunyoda ozodlik uchun kurashaman, o'zimni Iso qo'liga topshiraman, menda litvaliklar qoni oqyapti va Amerika orzusi tomon harakat qilaman”, - deb aytgan edi.

CHjan Namayunas bilan do'st bo'lishni istayotganini aytib, uning fikrlariga javob qaytardi:

“Zarbalar ortidan do'stlik yanada mustahkamlanadi. Bu jangdan keyin do'stlashamiz deb o'ylayman. Rouz - ajoyib va juda yaxshi jangchi. U ikki marta Yoanna Enjeychikni mag'lub etdi. Namayunas juda kuchli ko'nikmalarga ega raqib hamda men u bilan to'qnash kelishga umid qilardim. MMA yordamida do'stlik aloqalari bog'lanishini va aralash jang sanati bilan shug'ullanadigan odamlar bilan bog'liqlikni his qilyapman”.

Haqiqatan jang ajoyib bo'ldi, ammo bir tomonlama juda tezkor harakatlar qilindi. Namayunas CHjanning boshiga oyog'i bilan kuchli zarba berib nokaut qildi va yana chempionlikka erishdi. Rouz UFC'da kamarini qayta qo'lga kiritgan birinchi ayol jangchi bo'ldi. 

Rouz jangdan so'ng “Men dunyoni yana hayratda qoldirdim, ammo bularning barchasi Xudodan, men unga ishondim va uddaladim. Zarbamdan keyin CHjanning harakat qila olmay qolganini ko'rdim. Bilmadim, balki u o'ziga kelib jangni davom ettirishi mumkin edi, biroq baribir uni mag'lub qilardim. Jangimiz oldidan ko'plab yoqimsiz xabarlar bor edi. 

Men CHjanni xafa qilish haqida hech qachon o'ylamaganman, shunchaki tarixim, o'tmishim haqida gapirganman. Barcha insonlarni va hamma madaniyatlarni yaxshi ko'raman. Men dunyo bo'ylab MMA akademiyalarini qurishni istayman, bu bizga ko'plab muammolarni hal qilishga yordam beradi”, - dedi. 

Usman Masvidalni engdi: buning uchun chempionga hattoki qarshi kurash ham kerak bo'lmadi. Xorxe 2008 yildan beri nokaut bilan mag'lub bo'lmagan edi 

Usmon va Masvidalning birinchi jangi 2020 yilning yozida bo'lib o'tgan: Xorxe turnirga 6 kun qolganida Gilbert Berns o'rniga jangda qatnashishga rozilik berib, UFC'251 ni saqlab qolgan edi. Kamaru Xorxeni xotirjamlikda boshqardi va uning ustidan qafasda o'zining nazoratini o'rnatib, hakam qarori bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

O'shandan keyin Masvidal revanshni kutdi, Usman esa Berns bilan jang qilishni rejalashtirishni boshladi. 

Masvidal jang oldidan “Usmanning zarbasi kuchsiz. Jang qilgan raqiblarim orasida eng kuchsizlaridan biri. Bunaqa holda yashash judayam yoqimsiz”, - deya o'zining engilmasligi haqida aytib o'tgan edi. 

Kamaru esa xotirjamlikda “Masvidal yana imkoniyat berganim uchun minnatdor bo'lishi kerak. U ikkinchi marta chempionga qarshi jang qiladi va ikkinchi marta katta gonorar olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aksincha, u meni hamma erda qo'rqoq deb atayapti va UFC rahbariyati unga revansh berishga meni majburlagan deb hisoblayapti. Bularning barchasi g'irt bemanilik”, - deya javob qaytargan. 

Usman jang boshlanishidan oldinoq Masvidalga qanchalik zo'r ekanligini ko'rsatdi. Ilgari raqiblariga nisbatan hech qachon Kamaru bunday yo'l tutmagan edi.

Xorxe qo'llari bilan harakat qilib bahsni yaxshi boshladi. 5 daqiqa davomida Masvidal raqibi ustidan ustunlikka erishdi, Kamaru qafasda o'zini tinch holda ushlab turib ishonchli harakat qildi. 

Nigeriyalik tanaffusdan bir daqiqa o'tib buni isbotladi. Kamaru o'ng tomondan to'g'ridan-to'g'ri shiddatli zarba berdi, Masvidal jilmayishga ulgurdi, xolos. 

Bu safar jangchilar bahsdan keyin do'stona suhbatlashishdi va Masvidal engilganini tan oldi:

“Menga hech kim bunaqa zarba bermagan edi. Muxlislarimdan uzr so'rayman. Usman bugun g'alaba qilishga haqli va meni hayratda qoldirdi. Uzoq jang qilamiz deb o'ylagan edim, biroq u menga birinchi jangni eslatib qo'ydi. Zarbasining kuchini his qilishga ham ulgurmadim.

O'ziga ortiqcha baho berish yaxshi emasligini sezdim. Hechqisi yo'q, sayohatimiz hali davom etadi. Men qaytaman”, - dedi Xorxe. 

UFC'ning yarimo'rta vazn toifasi bo'yicha Usmanda ketma-ket 14 g'alaba bor: u Jorj Sen-Perdan o'tib ketdi va tashkilot rekordchisiga aylandi. Ehtimol, Kamaru 2019 yilda nokaut qilgan Kolbi Kovingtonga qarshi revansh o'tkazishi mumkin, ammo hozir Usman g'alabasidan zavqlanmoqda:

“Bu zo'rovonlik bo'ladi deb aytgan edim. SHuni istadingizmi? Mana xohlaganingizni oldingiz. Xorxe Masvidalni hurmat qilaman. Hech kim meni hali jang oldidan bunchalik asabiylashtirmagan edi, biroq Xorxe buni uddasidan chiqdi. U meni qattiq mashg'ulot qilishga va ko'p narsaga qodir ekanligimni ko'rsatishga majbur etdi. 

Endi men vazn toifasidan qatiy nazar UFC'ning eng yaxshi jangchisiman”.


Sports.ru sayti asosida Qayumova Ozoda tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
26 apr 15:16:53
CHELSEA2211
Xudo xoxlasa keyingi janglardi ham olib bersa yaxshi bölardi...
   
26 apr 14:54:45
Mirzaev Sanjar
Uzreport tv katta rahmat!!!!!!!
   
26 apr 14:18:02
Mironsho Jabborov
Ikkisi ham man uchun qizziq. Lekin kecha "Ko'cha Isosi" ga balet qilgandim. Jang vashshe bomba boldi, rostdan ham ufc261 boshqacha boldi rang barang va chiroyli KO larga boy boldi. Namajunasni chempion bolganini korib maza qildim. "Qo'shnimiz" kamarini ishonchli himoya qildi, Nigeriyalik bn Masvidalni jangi kutilmagan KO bn tugadi jang boshlanishidan oldin e xudo kamiga 3raund qizziq jang koraylik oxirida KO bolsa zo'r bolardi degandim. Masvidalni yutishini koproq xohlagan bolsam ham. Usman yondirdi lekin gap yoq. Buum boldi baqirib yubordime. Karoche UZREPORT tv ga ham kata rahmat. Kechagi Kardni esdan chiqarib bolmaydi. 5soat vaqtimni sarflaganimdan afsustda emasman. Hattoki 5 soatdan ham koproq :) Instagram storislarga to'ldi o'ziyam. Telegramda bolla bn ancha muhokama qildik. Aytgancha bu "qaytar dunyo" ekanligini esimga soldi ufc261. 8 yil oldin Chris Weidman Anderson Silvani low kickini qaytarganida Silvani oyogi singandi, kecha xuddi shu vaziyat, shunaqa jarohatni Chrisni o'zi ham tatib ko'rdi. Twitterda jangchilani reaksiyasini o'qib maza qildim. Derrick Lewis: Men endi umuman low kick tepmayman deb yozdi:))) Kop gaprvordima?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing