So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

11 okt 07:49
Yangiliklar

Tadbirlar

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida navbatdagi g'oliblar aniqlandi. Bu safar sirdaryoliklar faol!

Teglar :  Uyda qolCHellenj
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi pandemiya davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug'ullanishni targ'ib qilish maqsadida tashkil etgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida navbatdagi g'oliblar aniqlandi.

Joriy yil 3 avgustdan qayta yo'lga qo'yilgan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat o'z salomatliklarini mustahkamlashi, balki qimmatbaho sovg'alarni yutib olishlari mumkin.

Bu safar g'olib va sovrindorlar ikki hafta davomida yuborilgan videolar orasidan saralandi. SHu davr oralig'ida mamlakatimizdagi sportsevar oilalar tomonidan 150dan ortiq videorolik qabul qilindi va hakamlar hayati tomonidan eng yaxshi deya etirof etilgan 6 tasi g'olib deb topildi.

CHellenjda bu safar 1-o'ringa Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshkarmasi tasarrufidagi Sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi trener-o'qituvchilari va shug'ullanuvchilari tomonidan tayyorlangan video munosib ko'rildi.

Hakamlar hayati qaroriga ko'ra chellenjda 2-o'rin sohiblari ikkitani tashkil qildi. Toshkent shahar Yashnobod tumani 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Qodirjonov Humoyunmirzo tomonidan yuborilgan video hamda namanganlik karate WKF sport turi bo'yicha Osiyo chempioni, jahon premer ligasi g'olibi, Osiyo o'yinlarining kumush medali sohibasi va hozirda Namangan davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi bo'lmish Bahriniso Boboeva tomonidan taqdim etilgan videorolik loyiq deb topildi.

Ananadan biroz chekingan holda chellenjning uchinchi o'rnini biryo'la uchta oila qo'lga kiritdi. Unga ko'ra, Sirdaryo viloyati Guliston shahridan Xasanboevlar oilasi, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 6-maktab o'quvchilari Anorboev Ibrohim va Anorboev Madinabonular hamda Jizzax viloyati Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Isoqova Kamola tomonidan yuborilgan videoroliklar chellenjda 3-o'ringa munosib deb topildi.

Eslatib o'tamiz, chellenj g'olib va sovrindorlari velotrenajyor bilan mukofotlanadi. Siz ham #uydaqol! #hayotgaqo'shil! chellenjida faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting. Unutmang, chellenj 2020 yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing