So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

29 dek 19:25
Yangiliklar

Tadbirlar, Qiziqarli!

"Uzbekistan Sport Awards-2021" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Toshkent shahrida joylashagan “Hilton” mehmonxonasida “Uzbekistan Sport Awards-2021” Milliy mukofoti g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yakunlandi.

Tadbir jarayonlarini biz bilan onlayn kuzatib borish mumkin bo'ldi.



Muxlislar o'rtasidagi so'rov natijalariga ko'ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” – boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolov!

Respublika Komissiyasi xulosasiga ko'ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” O'zbekiston Milliy kubogi g'olibi – og'ir atletika bo'yicha Olimpiya o'yinlari va jahon chempioni Akbar Jo'raev!

"Yil kashfiyoti" -  Ulug'bek Rashitov

"Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo'shgan hissasi uchun" - Otabek Umarov



"Yilning eng intiluvchan federaciyasi" - O'zbekiston o'q otish federaciyasi

"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi"- O'zbekiston kamondan otish federaciyasi

"Yilning eng halol hakami "- Ramziddin Saidov

“Yilning eng saxiy sport homiysi” sifatida “QIZILQUMCEMENT” akciyadorlik jamiyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati, “O'zbekiston temir yo'llari” akciyadorlik jamiyati va Orient Finans Bank – Xususiy akciyadorlik tijorat banki etirof etildi.

“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” – para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari g'olibi Asila Mirzayorova!

“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” – para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari g'olibi Boburjon Omonov!

“Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi” – para engil atletika bo'yicha murabbiy Sardor Abduxalikov!

“Yilning eng matonatli ayol sportchisi” – para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari g'olibi Nurxon Kurbonova!

“Yilning eng matonatli erkak sportchisi” – para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari g'olibi Elbek Sultonov!

"Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi" - Zafar Qahramonov (MMA)

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” – erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov!

"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" - Nigina O'ktamova

"Yilning eng yaxshi murabbiyi” - Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari chempioni Ulug'bek Rashitovning murabbiyi Xan Pavel

“Yilning eng faol sport maktabi” - Buxoro tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi

“Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi” – og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi!

"Yilning eng faol sport blogeri"- Hilola Isoqova

“Yilning eng yaxshi hududiy turizm va sport bosh boshqarmasi” sifatida ommaviy sportni rivojlantirishdagi faolligi uchun Farg'ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi etirof etildi.

"Yilning eng yaxshi sport shifokori" - Dilshodbek Mahmudov

"Yilning eng yaxshi sport sayti"- Sports.uz

Yilning eng faol muxlisi - Abdurahmon Fazilov

“Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi” sifatida O'zbekiston aralash jang sanatlari associaciyasi etirof etildi.

Yilning eng faol matbuot xizmati - UFA


“Yilning eng faol sport foto muxbiri” – O'zbekiston Milliy axborot agentligi va “Olampsort.com” sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov!




"Yilning eng faol sport jurnalisti" - SHafoat Tolibjonova

“Yilning eng faol ommaviy sport targ'ibotchisi” sifatida Mudofaa vazirligi sport markazi etirof etildi

“Sport sohasidagi ko'p yillik xizmati uchun” O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Baxodir Maxsitov taqdirlandi. 


 

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning “Uzbekistan Sport Awards-2021” Milliy mukofotini topshirish marosimidagi tabrik yo'lladi

Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov ham bugungi tadbirda ishtirok etmoqda




"Uzbekistan Sport Awards-2021" taqdirlash marosimida jami 30 nominaciyada g'oliblar aniqlanadi

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing