So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

30 avg 13:26
Yangiliklar

Eshkak eshish, Osiyo o'yinlari

Vadim Menkov: “O'n uchinchi oltinni qo'lga kiritdim? O'n uch raqami men uchun qadrli”

Xabar berganimizdek, afsonaviy kanoechimiz Vadim Menkov bugun Osiyo o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi.

Ikki karra jahon chempioni, bir necha karra Osiyo chempioni Vadim Menkov o'zbekistonlik sportchilar orasida birinchi bo'lib 4ta Osiyo o'yinlarida g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. O'n olti yil davomida Osiyo qitasida 1000 metr masofada eng yaxshi kanoechi nomini saqlab turish oson ish emas, albatta. 

Bugungi finalda qo'lga kiritilgan g'alaba esa osonlikcha kelgani yo'q. Vadim marraga etib kelgan zahoti unga shifokorlar tez yordam ko'rsatishdi. Uning qon bosimi 190ga ko'tarilib ketgandi. Unga suniy kislorod berishdi. 

Ko'ryapsizmi, bitta medalni qo'lga kiritish qanchalik mashaqqatli mehnat va sog'liqdan kechishni talab qiladi.  

Biz taqdirlash marosimidan so'ng Vadim Menkovdan intervyu oldik. 

- Medallar uchun kurash murosasiz va keskin ruhda o'tishini bilardim, - deya so'z boshladi V.Menkov. - Bizda saralash bahslari o'tkazilmadi. Qitaning eng kuchli kanoechilari Palembangga etib kelishgan edi. SHu boisdan ham bu startga alohida tayyorgarlik ko'rgandim. G'alaba qozonsam, 4ta Osiyo o'yinlarida chempionlikka erishgan yagona sportchiga aylanishimni bilardim. Murakkab vazifani uddalaganimdan juda ham xursandman. Ushbu g'alabani oila azolarim, murabbiylarim, O'zbekiston xalqi va Prezidentimizga tuhfa qildim. Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga munosib sovg'a hozirladik, deb o'ylayman.  

- Finishga yaqin qolganida asosiy raqibingiz hisoblangan xitoylik sportchining qayig'i kutilmaganda ag'darilib ketdi. Vaholanki, u masofaning katta qismida peshqadamlik qilayotgandi. Bu holat sizga yordam berib yubordimi?

- Bilasizmi, bizning sportda bunday holatlar bo'lib turadi. Qayiqni katta tezlikda boshqarish va shuning barobarida muvozanatni saqlab turish kerak. Bir zumga xushyorlikni yo'qotsangiz, mana shunday noxush holatlarga tushib qolasiz. Marraga yaqin qolgan bir pallada xitoylik raqibim bilan deyarli yonm-yon kelayotgandik. U menga bir qaradiyu muvozanatni yo'qotib, qayig'i bilan ag'darilib ketdi. Yiqilmagan taqdirda ham mendan o'zib keta olmasdi, nazarimda. CHunki, uning deyarli kuchi qolmagandi. 

- Siz terma jamoamizga ushbu Osiyo o'yinlaridagi 13-oltin medalni taqdim etdingiz...

- Bundan juda ham xursandman. O'zi hayotimda 13 raqami bilan bog'liq qiziqarli holatlar bor. O'zim 13 fevral kuni dunyoga kelganman. Tug'ilganimda uydagilar 13 omadsiz raqam, uning tug'ilgan kunini 12 fevral deb yozdirish kerak, deyishgan ekan. Lekin o'sha paytda onam bunga unamagan ekanlar. O'ylab qarasam, juda to'g'ri yo'l tutgan ekanlar. Keyin katta musobaqalardagi oltin medallarim soni ham 13taga etdi. Osiyo o'yinlaridagi medallarimiz esa yanada ko'payishini istayman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi 

(Palembang, Indoneziya) Surat mualifi - Abdullo Fayzullaev 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 avg 19:12:16
Feruza musayeva
табриклаймиз Вадимни. Ростанам шунча йил мобайнида қитъада биринчи бўлиш осон эмас. Фақат олимпиададан медали йўқлиги бироз хафа қилади. Шундай бўлсаям, барибир Вадим Ўзбекистон фахри бўлиб қолаверади. Балки Токиода орзуси ушалар?
   
30 avg 18:46:18
BaXaMaN
Aziz Rakhmatov foydalanuvchining fikriga javob berish
16 йил эмас 12 йил шекл? Ёки мен адашдимми?
adawdiz Doxa-2006 yildan beri xisoblasa 4ta oltin
   
30 avg 17:08:44
Aziz Rakhmatov
16 йил эмас 12 йил шекл? Ёки мен адашдимми?
   
30 avg 16:43:00
Feruz Xamidov
Shunday aka ukalarimiz koʻpaya verishsin. OFARIN OTA-ONA siga 1000 RAHMAT.....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing