So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

23 sen 09:25
Yangiliklar

O'q otish

“Vatanparvar” tashkiloti sportchilari munosib taqdirlandi + FOTO

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida 11-20 sentyabr kunlari Qozog'istonning CHimkent shahrida o'q otish sporti bo'yicha bo'lib o'tgan 14-Osiyo chempionatida ishtirok etib, yuqori o'rinlarga sazovor bo'lgan tashkilot sportchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Videoselektor shaklida o'tgan tantanali tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov g'olib va sovrindor sportchilar Osiyo chempionatida nafaqat tashkilot, balki butun O'zbekiston sharafini munosib himoya qilganliklari, ularning shiddatli bellashuvi dunyo bo'ylab o'q otish sporti ixlosmandlari orasida katta muhokama va olqishlarga sazovor bo'lganligini bildirdi.

H.Botirov nufuzli musobaqada yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan “Vatanparvar” tashkilotining 8 nafar sportchisiga o'z minnatdorligini bildirib, birinchi o'rin uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 barobari, ikkinchi o'rin uchun 2,5 barobar, uchinchi o'rin uchun esa 2 barobar miqdorida pul mukofoti topshirilishini malum qildi.

SHuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti huzuridagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazining pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha murabbiyi SHokir Nabiev hamda Toshkent viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi murabbiyi Umid Mirvaliev esdalik sovg'alari va belgilangan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

SHundan so'ng tashkilot hududiy kengashlarining raislari o'z viloyatlaridan ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarni esdalik sovg'alari hamda tegishli pul mukofotlari bilan taqdirlashga kirishdilar.

Eslatib o'tamiz, 11-20 sentyabr kunlari Qozog'istonning CHimkent shahrida o'q otish sporti bo'yicha bo'lib o'tgan 14-Osiyo chempionatida Muhammad Kamalov (Namangan v.), Nuriddin Nuriddinov (Surxondaryo v.), Nigina Saidkulova (Surxondaryo v.), Oybek Asilov (Toshkent v.), Sanjarbek Ibragimov (Toshkent v.), Bekzod Rahmatillaev (Toshkent v.), Iroda Azimboeva (Toshkent v.), Bonu Tilavberdieva (Toshkent v.) yuqori o'rinlarni egallab, jami 15 ta medalni qo'lga kiritgan edilar. Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rin Qozog'iston, 2-o'rin O'zbekiston, 3-o'rin Indoneziya sport terma jamoalariga nasib etdi.

Tadbir davomida, shuningdek, Husan Botirov bir necha kun avval bo'lib o'tgan Xalqaro “Armi-2021” o'yinlarini yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko'maklashgan Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori o'rinbosari SHavkat Ismatillaev, ushbu markazning biatlon bo'yicha murabbiyi Sergey Serebryakov va Qibray sport kompleksi administratori Denis Matkarimovga Mudofaa vazirligining esdalik sovg'alarini topshirdi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing