So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

07 sen 09:35
Yangiliklar

O'q otish

“Vatanparvar” tashkiloti sportchisi Rossiyada g'oliblikni qo'lga kiritdi

Malumki, joriy yilning 4 sentyabr kuni Rossiya Federaciyasining Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida birinchi MDH davlatlari o'yinlariga start berilgan edi.

Mazkur nufuzli sport musobaqasida 9 ta davlat, jumladan, Rossiya, O'zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, Moldova va Armanistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan tajribali sportchilar bellashmoqda.

Quvonarlisi, ushbu musobaqaning pnevmatik quroldan o'q otish yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azosi – O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining o'q otish sporti sekciyasi azosi Muhammad Kamalov faxrli 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Aytish joiz, bu “Vatanparvar” tashkiloti sportchisining O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg'asi bo'ldi.

Namanganlik Muhammad Kamalov 2002 yilda tug'ilgan bo'lib, 6 yildan buyon, “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining o'q otish sporti sekciyasida Muhabbat Kondakova va Vadim Kondakov murabbiyligi ostida shug'ullanib kelmoqda. Yosh sportchi bir necha marotaba respublika va xalqaro musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritib, 2020 yilda imtiyoz asosida Namangan Muhandislik-qurilish institutiga o'qishga qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, Qozon shahrida o'tayotgan birinchi MDH davlatlari o'yinlari 11 sentyabr kuni yakuniga etadi. Hozirda O'zbekiston sportchilari Rossiya terma jamoasidan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing