So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

28 avg 09:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazir sport talimi va ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirishga qaratilgan videoselektor o'tkazdi

Teglar :  Adham Ikramov
Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov boshchiligida sport talimini yanada rivojlantirish, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida olib borilayotgan kasbiy-amaliy imtihonlarning shaffof o'tishini taminlash mavzularida videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Unda Vazirlik, Milliy Olimpiya qo'mitasi va Milliy Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati va xodimlari, Respublika Oliy sport mahorati maktablari, viloyat va tumanlardagi sport boshqarmalarning mutasaddilari, Respublikadagi barcha BO'SM va IBO'SM vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida kun tartibidan o'rin olgan barcha masalalar tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. O'z vazifasiga yuzaki yondashayotgan mutasaddilarga so'ngi ogohlantirish berildi.

A.Ikramov dastavval Olimpiya va Paralimpiya tayyorlash markazlariga qabul jarayonlarining ochiqlik va shaffoflik asosida o'tishini nazorat qilish, metodistlar malakasini oshirish masalasiga alohida to'xtaldi. Bu borada Xorazm viloyatidagi amaliy imtihon jarayonlarining YouTube ijtimoiy tarmog'ida jonli berib borilgani boshqa hududlarga misol tariqasida ko'rsatildi. 

Yig'ilishda kun tartibiga muvofiq, 2022/2023 o'quv yilidan boshlab sport maktablari faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish bo'yicha belgilangan vazifalar ijro holati hamda sport maktablari rahbar xodimlari hamda metodistlarining malakasi va masuliyatini oshirish masalalari, Sport tadbirlarining 2023 yilga mo'ljallangan kalendar rejasini shakllantirish, yil yakuniga qadar tizimni moliyalashtirish, jumladan xodimlarni rag'batlantirishni adolatli va shaffof tashkil etish hamda Sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish masalalari ham ko'rib chiqildi.

SHuningdek, yig'ilishda 5 tashabbus Olimpiadasining ikkinchi bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish, unda aholi qamrovini ko'paytirish borasida takliflar o'rganib chiqildi. Hozirda birinchi bosqichda g'olib bo'lgan mahallalarga vork-out maydonlarini qurish jarayoni olib borilmoqda. Adham Ikramov bu kabi bunyodkorlik ishlari musobaqaning keyingi bosqichlarida boshqa mahalla vakillariga ham motivaciya berishini urg'uladi. 

Tadbir davomida ayrim hududlardagi sport maktablarining faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. Lavozimiga noloyiq deb topilgan maktab direktorlari va mutaxassislar ishdan olinib, ularning o'rniga munosib nomzodlarni taklif qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 

Yakunda A.Ikramov barchani kirib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan qutlab, barcha xodimlar, qolaversa tizimning quyi tashkilotlari vakillariga yig'ilishda berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sidqidildan bajarishni so'radi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing