So’nggi yangiliklar

09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0

27 okt 08:23
Yangiliklar

Regbi

Vazirlar Mahkamasida regbini rivojlantirishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yurtimizda sportning regbi turini rivojlantirishda rahbarlarining roli, masuliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev, Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi, O'zbekiston Regbi federaciyasi raisining o'rinbosari Oybek Kasimov hamda tegishli vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Yig'ilishda dastlab 2019 yil 29 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4500-sonli qarorning ijrosini taminlash yo'lida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha O'zbekiston Regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoevning qisqa hisoboti tinglandi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida talim va sport-talim muassasalari hamda boshqa tashkilotlarda regbi bo'yicha bo'limlar to'liq xatlovdan o'tkazilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Farg'ona, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 33 ta qo'shimcha sekciya va to'garaklar tashkil etilib, 500 nafardan ziyod sportchi jalb etilgan.

Regbi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2020-2021 o'quv yilida O'zbekiston Milliy Universitetning regbi bo'limiga 36 nafar talaba, Jismoniy tarbiya va sport universitetiga esa 15 nafar talaba o'qishga qabul qilingan.

Sodiq Safoevning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi nufuzli xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, sharafli o'rinlarni egallab kelmoqda va Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida kuchli sakkizlikka ko'tarilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda regbini ommalashtirish va targ'ib qilishga oid media-reja ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

SHu bilan birga, yurtimizdagi sport maktablarining regbi bo'limlarida o'quv-mashg'ulot jarayonining samarali tashkillashtirilishini monitoring qilish tizimi joriy etilgan.

2020 yil 1 iyulda Regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori va JAIKA vakili Takasaka Muneo bilan uchrashib, Yaponiya tomonining granti asosida 2 nafar murabbiyni O'zbekistonda ishlashga yuborishga doir kelishuvga erishdi. SHuningdek, qo'shma musobaqalar va o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishga kelishib olingan.

Ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilg'or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, regbi-7 va regbi-15 bo'yicha tayyorgarlik dasturlari, 600 dona “World Rugby” o'quv qo'llanmalari o'zbek tiliga (kirill va lotin alifbolarida) tarjima qilindi va chop ettirilib, regbi bo'yicha selekcionerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi ishlab chiqilgan.

2020 yilning noyabr-dekabr oylarida Toshkent shahrida oliy talim muassasalari o'rtasida «Talabalar ligasi», Regbi-7 bo'yicha O'zbekiston chempionati, Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya, FVV, DXX va IIB xodimlari o'rtasida Regbi-15 bo'yicha O'zbekiston chempionatlari hamda 3 ta yosh toifasida «Oltin Oval» kubogini o'tkazish rejalashtirilgan.

Kun tartibidagi masala bo'yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi hamda O'zbekiston Milliy universiteti masullarining hisoboti tinglandi.

Yig'ilish yakunida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi CHorvoq qishlog'ida O'zbekiston terma jamoasi azolari tomonidan o'quv-mashq jarayonini o'tkazish uchun O'zbekiston Regbi federaciyasining sport bazasini qurishni 2021 yilda tegishli dasturga kiritish bo'yicha aniq ishlarni amalga oshirish belgilandi.

Takidlash joiz, regbi bo'yicha milliy terma jamoalarning musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun poytaxtdagi Milliy Universitet stadionida zamonaviy talablar asosida tamirlash ishlari amalga oshiriladi.

Malum qilinishicha, yaqin vaqt ichida «teg-regbi» har bir tumanda bittadan umumtalim maktabining jismoniy tarbiya dasturiga kiritiladi va tanlangan maktablarning jismoniy tarbiya o'qituvchilari uchun «teg-regbi» bo'yicha o'quv qo'llanmalari bilan taminlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing