So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

28 apr 14:57
Yangiliklar

Velosport

Velosport. Erkaklar o'rtasida oltin medal qozog'istonlik sportchida

Bugun, 28 aprel chempionatning so'ngi kunida “International Hotel Tashkent” mexmonxonasi yonidan Men Elit yo'nalishida 166.6km masofaga erkaklar o'rtasidagi gurux poygalariga start berildi.

Ushbu gurux poygalarida finish Toshkent viloyatining Bildirsoy dam olish maskani etib belgilangan bo'lib, mazkur musobaqada sportchilar 2020 yil Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun bellashdilar. Men Elit yo'nalishidagi gurux poygalaridaO'zbekiston sharafini 4 nafar sportchiz Murodjon Xolmurodov, Sergey Medvedev, Akromjon Sunnatov, Ulug'bek Saidov himoya qildi. Murosasiz kechgan poygada Qozog'iston, Xitoy, Xitoy Taypeyi milliy terma jamoalari etakchilik qildilar. Musobaqa natijalari bo'yicha 166.6 km masofani 4 soatu 3 daqiqayu 21 soniyada bosib o'tgan qozog'istonlik Evgeniy Gidich 1-o'rinni egalladi. Xitoylik Xianjing Lyu 2-o'rinni, Xitoy Taipeyilik Kai CHun Feng 3-o'rinni band etdi. Qozog'istonlik Evgeniy Gidich oltin medal bilan birga XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi.

SHu bilan 22 apreldan 28 aprelgacha O'zbekiston tarixida ilk marotaba o'tkazilgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. Mazkur Osiyo chempionatida 40 ga yaqin davlatdan 500 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdilar. CHempionat kattalar, o'smirlar, paraolimpiyachilar va masterlar ishtirokida bo'lib o'tdi hamda sportchilar jamoaviy poygalar, yakkalik poygalari va gurux poygalarida bellashdilar. Osiyo chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta bronza, 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, umumiy xisobda 7 ta medal jamg'ardilar. 

Osiyo chempionatining eng yorqin laxzalari 27 aprel kuni asosiy musobaqalar bo'lgan Women Elit yo'nalishida gurux poygalari bo'ldi desak xato bo'lmaydi. Mazkur musobaqada 112.8 km masofa bo'yicha bo'lib o'tdi hamda ushbu masofani O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi Olga Zabelinskaya 3 soatu 9 daqiqayu 5 soniyada bosib o'tib, 2020 yil Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Aloxida takidlash joizki 27-28 apreldagi asosiy musobaqalar “Evrosport” kanali tomonidan to'g'ridan to'g'ri namoyish etildi. 

SHu bilan bir qatorda Osiyo chempionati doirasida Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) prezidenti David Laparte, Osiyo Velosport Konfederaciyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Abdulloh al-SHafar, bir qator xorijiy delegaciya azolari ishtirokida Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) tomonidan antidoping seminar hamda Osiyo Velosport konfederaciyasi (ASS)ning Kongresslari bo'lib o'tdi. 

Osiyo Velosport konfederaciyasining (ASS) Kongressida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) hamda Osiyo Velosport Konfederaciyasi (ASS) tomonidan maxsus sertifikat va velosportni ayollar o'rtasida targ'ibot va tashviqot qilishda qo'shgan xissasi uchun maxsus medal bilan taqdirlandi. 


O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing