So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

30 mar 15:54
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini qayd etishdi

Teglar :  Velosport
24-29 mart kunlari Tojikiston poytaxtida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha qita birinchiligi o'z yakuniga etdi.

Unda qatnashgan jamoamiz o'z tarixidagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi.

Musobaqaning ilk kunidayoq ayollar o'rtasidagi jamoaviy poyga dasturida oltin medalni qo'lga kiritgan delegaciyamiz turnir davomida jami 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg'ardi. Qayd etish joiz, jamoamiz Osiyo chempionatlari tarixida bu kabi muvaffaqiyatli ishtirok etmagan edi. Bunday natija, shubhasiz, davlatimizning barcha sport turlari qatori velosport rivojiga ko'rsatayotgan ulkan etibori orqali qo'lga kiritilmoqda. Ayniqsa, tashkil etilgan professional klublar va ularning xorijiy mamlakatlarda yig'in o'tkazgani ushbu qita chempionatida sportchilarimizning yuqori natija qayd etishi yo'lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Quyida Osiyo chempionati qahramonlari va ular shohsupaga ko'tarilgan yo'nalishlarni eslab o'tamiz:

Oltin medal:
1. Ayollar o'rtasida jamoaviy poyga (Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, SHahnoza Abdullaeva, Anna Kulikova)
2. Anna Kuskova, U-20 toifasidagi individual poyga
3. Yanina Kuskova, U-23 toifasidagi individual poyga
4. Sofiya Karimova, U-20 toifasida guruh poygasi
5. Samandar Sultonov, U-20 toifasida guruh poygasi

Kumush medal:
1. Aleksey Fomovskiy, U-23 toifasida individual poyga

Bronza medal:
1. Murodjon Xolmurodov, kattalar o'rtasida individual poyga
2. Yanina Kuskova, U-23 toifasida guruh poygasi

Bu yilgi Osiyo chempionatida qitamizning 23 ta davlati ishtirok etdi. Terma jamoamiz ushbu natija bilan umumjamoa hisobida Qozog'istondan so'ng ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Endi velosportchilarimiz iyun oyida Hindistonda o'tadigan trek bo'yicha Osiyo chempionatiga hozirlik ko'radi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing