So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

11 apr 16:47
Yangiliklar

O'q otish

Vohaning eng mohir merganlari aniqlandi FOTOREPORTAJ

Teglar :  O'q otishXorazm
Bog'ot tumani o'quv sport texnika klubining o'q otish tirida 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha Xorazm viloyati kubogining ikkinchi bosqichi uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi (VTASTM) tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 18 ta jamoaning 70 nafardan ziyod sportchisi merganlik mahoratini namoyish qildi.

Pnevmatik miltiqdan o'q otish birinchiligi

Qizlar. 1-o'rin. Laylo Haydarova (VTASTM).   2-o'rin. Kumushoy Rajapova (Urganch tumani O'STK). 3-o'rin. SHahzoda Bahromova (Qo'shko'pir tumani “O'rtayop O'STK).

O'g'illar. 1-o'rin. Temurbek Abdullaev (Urganch tumani O'STK). 2-o'rin. Diyorbek Ochilov (VTASTM). 3-o'rin. Akram Rustamov (Xiva tumani O'STK).

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish birinchiligi

Qizlar. 1-o'rin. Gulhayo Ozodova (Urganch tumani O'STK). 2-o'rin. Risolat Qurbonova (Urganch tumani O'STK). 3-o'rin. SHukurjon Adamboeva (SHovot tumani O'STK).

O'g'illar. 1-o'rin. SHohruhxon Yusufboev (Urganch tumani O'STK). 2-o'rin. Bekzod Komilov (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Samandar Madrimov (Yangibozor tumani O'STK).

Umumjamoa hisobida Urganch tumani  o'quv sport texnika klub jamoasi birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. SHovot tumani vakillari ikkinchi, Xiva tumanining merganlari shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.

Musobaqa yakunida O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi raisi o'rinbosari Bahodir Muxtorov, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlashdi.

Endilikda, Xorazm viloyatining eng yaxshi merganlari 2021 yilning 14-18 aprel kunlari Namangan shahrida o'tkaziladigan O'zbekiston kubogining 2-bosqichida voha sharafini himoya qilishadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing