So’nggi yangiliklar

23:05Юнон-рум кураши. Икки нафар ҳамюртимиз лицензион турнирдаги иштирокини якунлади 0 18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0

11 fev 14:54
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Andijon viloyati jamoasi O'zbekiston kubogi sohibi + FOTOGALEREYA

6-10 fevral kunlari CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida voleybol bo'yicha 14 yoshgacha va undan kichik yoshdagi o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri barcha viloyatlardan 14 ta jamoa chempionlik yo'lida kurash olib bordi. Musobaqaning final bosqichiga Qashqadaryo, Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari etib kelishdi. 

Final chiptasi uchun bo'lgan bellashuvlarda Toshkent viloyati sportchilari Sirdaryo jamoasini mag'lub etib, finalga yo'l olgan bo'lsa, andijonlik voleybolchilar Qashqadaryo jamoasidan ustun kelishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda Qashqadaryo viloyatining asosan Ko'kdala tumanidan tashkil topgan jamoasi sirdaryolik tengqurlarini 2:0 hisobi bilan ortda qoldirib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Finalda o'zaro to'qnash kelgan Andijon va Toshkent viloyati jamoalari o'rtasidagi o'yin shiddatli va keskin qarama-qarshilikka boy bo'ldi. Yakunda andijonlik yosh voleybolchilar 2:1 hisobi bilan zafar quchib, O'zbekiston kubogi sohiblariga aylanishdi. Mezbonlardan iborat jamoa kumush medallarga ega chiqdi. 

Musobaqa yakunlangach, tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda ishtirok etgan Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi o'rinbosari Jamshid Fayziev, O'zDJTSU birinchi prorektori SHerzod Mirzanov, Toshkent viloyati voleybol federaciyasi ijrochi direktori Davron Xalikovlar g'olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Takidlash joiz, g'olib jamoa endi joriy yilda Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkaziladigan Hamdo'stlik kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing