30 iyu 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti Kanelo haqida: "Golovkinga ham mag'lub bo'lsa, faoliyatini avvalgi notasiga qaytarish ancha qiyin bo'ladi"
WBC prezidenti Maurisio Suleyman meksikalik bokschi Saul Alvares haqida fikr bildirdi.
"Kanelo Bivoldan og'ir bo'lgan mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Agar u 17 sentyabr kuni Golovkinga mag'lub bo'lsa, faoliyatini avvalgi notasiga qaytarish ancha qiyin bo'ladi. U engilmas jahon chempioni bilan jang qilish uchun o'z vaznini o'zgartirganida katta tavakkalga qo'l urgan edi. U mag'lubiyatga uchradi, endi esa Golovkinga qarshi barchasini tavakkal qiladi", - deya Suleymanning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares — Dmitriy Bivol jangi 8 may tongida bo'lib o'tgan edi.
Malumot uchun, Saul Alvares hamda Gennadiy Golovkin o'rtasidagi trilogiya jangi 17 sentyabr kuni tashkil etiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar