So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

16 sen 13:39
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC reytingi. Madrimov va Mahammadjonov ko'tarildi, Abdug'ofurov esa...

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

Kuni kecha elon qilingan reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov avvalgi oydagi kabi 32-pog'onada qolgan.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-o'ringa joylashgan. SHahram G'iyosov esa 40-o'rinni egallab turibdi. SHahram o'tgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.  

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pog'onasiga ko'tarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang o'tkazib, WBC Youth kamarini qo'lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) ikkinchi o'rindan oltinchi o'ringa tushib ketgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo'ziev 39-pog'onadan 37-o'ringa ko'tarilgan. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
16 sen 14:02:53
Javohirjon
Aziz nega tushib ketdi 2da ediyu
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing