So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

09 jan 20:15
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xabib MMA olamidan butunlay ketdi. U cho'qqida edi, biroq Xabib oilasini tanladi

Teglar :  Xabib Nurmagomedov
Xabib sportdan butunlay ketdi. Hayoti davomida shug'ullangan yagona narsasi bilan xayrlashdi.

Bunga ishonish qiyin, biroq «burgut» yakuniy qarorni qabul qildi. Bu gaplar piar deb fikrlovchilar juda ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Bunday fikrlar Xabib professional faoliyatini yakunlaganidan so'ng bo'lgandi. Ammo Xabib gapida turdi va boshqa jang qilmadi. Xabib murabbiylikdan xuddi sportchiligi kabi ketdi. U cho'qqida edi. Unga ayni vaqtda teng keladigan murabbiy yo'q edi. O'tgan yili u tayyorlagan ikki jangchi ikkita tashkilotda kamarni qo'lga kiritdi. SHu sababli murabbiyi Xaver Mendes bilan birga «yil murabbiyi» bo'ldi.

Xabib yil oxirida hammaga ketishini malum qilib bo'lgan ekan. Biroq buni ko'pchilik tushunmadi. U butun jamoasi bilan birga suratni joylagandi.

«Umid qilamanki, bu qarorim to'g'ri bo'ladi. Meni qo'llab turganlarga rahmat. Bu natijalarda sizning o'rningiz yuqori»,-deb yozib qoldirgandi Xabib surat tagiga.

Bir muddat Xabibga yaqin odamlar sukut saqlashga harakat qilishdi. Ammo bu uzoq davom eta olmasdi. Yaqin orada Maxachev va uning jamoasi Avstraliyaga jo'nab ketishish kerak. U erga Xabib bormasligi juda shubhali ko'rinardi va gap-so'zlar ostida qolib ketardi.

"Burgut" nafaqat murabbiylik faoliyatini yakunlayotganini, balki professional sport bilan bog'liq barcha faoliyatni to'xtatayotganligini tasdiqladi. Ko'rinishidan, bu Xabibning obro'-etibori va aloqalari tufayli tez suratlarga ega bo'lgan Eagle FC ligasiga ham tegishli. Tashkilot Qo'shma SHtatlarda UFC taraqqiyot institutiga o'xshash majmua qurmoqda va butun dunyo bo'ylab turnirlar o'tkazmoqda. EFC'ning bu darajada kuchayishiga Xabibning katta tasiri bor. Endi bu promoushen borasida savollar ham paydo bo'lmoqda. Bazilar EFC'ni Bellator rahbari Skott Koker tomonidan sotib olinishi haqida gapirmoqda.

Xabibning qarori qiziq, biroq xavfli bo'lishi mumkin. Xabib o'z so'zida turishini, tanlagan yo'lidan qaytmasligini allaqachon isbotlab bo'ldi. Bu qaror Xabib uchun foydali bo'ladi. Biroq uning jamoasi uchinchi? Xabibning jamoadoshlari bir necha bor, uning mashg'ulot uslubi bilan ancha kuchayganini takidlashdi.

Endi nima bo'lishini oldindan aytish qiyin. Xabibning media makonni tark etishi oxir-oqibat uning figurasiga qiziqishning yo'qolishiga olib keladi. Albatta, u boshqa yo'nalishda harakat qilishni boshlamasa. «Men oilamga vaqt ajratmoqchiman», dedi Nurmagomedov.

Xabib endi nima qiladi? U allaqachon sport bilan bevosita bog'liq bo'lmagan bir qator loyihalarga ega. Xususan, u seminarlar o'tkazmoqda va ijtimoiy faoliyatga ko'proq etibor bermoqda . SHu sababli, biz «Burgut»ni hali ham jamoat sohasida ko'ra olamiz, ammo endi MMAda ko'rmaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing