So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

22 okt 17:59
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xabib va Maxachevning UFC'dagi ko'rsatkichlarini taqqoslaymiz. Islam 5 soniya tezroq UFC chempionlik jangiga etib keldi va raqiblarini ko'proq nokaut qilgan

22 oktyabr UFC 280 kechasida Islom Maxachev nafaqat CHarlz Oliveyrani engishga, balki Xabibning engil vazn toifasida chempionlik taxti vorisiligini rasman egallash uchun ham harakat qiladi.

Ko'pchilik Maxachevni Nurmagomedovning asosiy himoyachisi deb hisoblaydi va uning faoliyatini ham rossiyalik birinchi UFC chempionining muvaffaqiyati bilan taqqoslab kuzatib boradi. Quyida Xabib va Islomning chempionlik sari yo'llari, ularning tashkilotdagi ilk jangidan boshlangan faoliyati aniq raqamlarda solishtirilgan.

Buni Xabib va Islamning chempionlik janglaridagi umumiy yo'ldan boshlaymiz. Nurmagomedov tashkilotdagi debyutini 2012 yil 20 yanvarda boshlagan va 2018 yilning 7 aprelida, yani 6 yilu 3 oydan keyin kamar uchun jang qilgan. Maxachevning muddati esa biroz uzoq bo'ldi: 2015 yil 23- mayda debyut qilib, 2022 yil 22 oktyabrda- 7 yilu 5 oydan so'ng Islam chempionlik jangiga kirishdi.

Bu vaqt ichida Xabib 9 ta jang o'tkazgan bo'lsa (yiliga o'rtacha 1,5 ta jang), Islam esa 12 (yiliga 1,7), yani Maxachev tez-tez janglarga qatnashganligini ko'rish mumkin.

SHuningdek finish-reyt Islamda yuqori ko'rsatkichda. Uning muddatidan oldin qo'lga kiritgan g'alabalari soni 7 ta (58,3), Nurmagomedovda 4 ta (44,4).


Qizig'i shundaki, Xabib chempionlik uchun imkoniyat bo'lgunga qadar 3 ta jangda ustunlikka erishganiga qaramasdan, Maxachev chempionlik jangiga 5 soniya tezroq etib keldi. Ilk kurashdan to kamarni qo'lga kiritguncha Islam qafasda 110 daqiqa 7 soniya, Nurmagamedov esa 110 daqiqa 12 soniyani bosib o'tdi.

Xabib va Maxachevning oktagonda o'tkazgan vaqti deyarli bir xil bo'lganligi sababli, ularni jangovar statistikada ham solishtiramiz.

Aniq zarba berish Xabibda 900 tadan 453 ta, Maxachevda 433 tadan 250 ta. Biroq hajm jihatdan olib qaralsa ustunlik Nurmagomedov tomonda, aniqlik esa Islam tarafda: 57,7 % ga nisbatan 50,3 %.

Mana shu lahza Maxachevga kamroq zarba o'tkazib yuborish imkoniyatini ham beradi: 93 ga 168.

Ikkalasining kurash uslubiga qaraydigan bo'lsak, Xabib 94 urinishdan 43 martasida raqiblarini teykdaun qilgan, Islamda bu ko'rsatkich 44 tadan 25 taga to'g'ri keladi. Raqamlardan kelib chiqib qaralsa, ustunlik yana Nurmagomedov tarafda ( shuningdek, uning UFC'da bitta jangning o'zida 21 teykdaun qilish orqali rekord o'rnatganini eslash ham kifoya), ammo muvaffaqiyat ko'rsatkichi Maxachevda yaxshiroq: 56,8 % ga qarshi 45,7 %.

Oktagonda o'tkazilgan vaqt bir xil bo'lishiga qaramasdan, Nurmagamedov 62 daqiqadan biroz ko'proq vaqt raqiblarini parter holatida ushlab turgan, Maxachevda esa bu 57,5 daqiqani tashkil qiladi.

Balki, bir nechta janglardan keyin Xabib va Maxachevning ko'rsatkichlarini yana bir bor solishtirish imkoniyatiga ega bo'larmiz, faqat bu safargisi chempionlik qarama-qarshiliklaridagi kurashlar bo'lishiga umid qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing