So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

22 mar 19:25
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xabibdan so'ng taxt uchun kurash. UFC xato qildimi?

UFC engil vazn toifasidagi vakant kamar uchun kimlar jang qilishi haqida bir qarorga keldi.

Bir qarashda ushbu qaror na mantiqan, na adolat nuqtai nazaridan to'g'ri emasdek ko'rinadi. Aslida esa unday emas.


UFC'ning adolatsiz qarori

Kuni kecha rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov o'z faoliyatini tugatganini rasman elon qildi. UFC prezidenti Dana Uayt ham buni tasdiqladi va Xabibga barchasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Xabib Nurmagomedovning ketishidan so'ng bir savol yana kun tartibiga chiqdi. UFC tituli uchun endi kimlar jang qiladi? O'rinli savol. Promoushen va Dana uzoq kuttirishmadi. Engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun 15 may kuni CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler jang qiladigan bo'ldi.


UFC'ning ushbu qaroridan esa ko'pchilik hayratga tushdi. Albatta, UFC'da birgina jang o'tkazgan Maykl CHendlerga titul jangi berilmoqda. SHuncha yillardan beri tashkilotda mehnat qilib kelayotgan va reytingda ikkinchi o'rinda turgan Jastin Getji yoki titul jangiga 100% haqli bo'lgan 1-raqamli Dastin Porega emas. Aksincha, reytingning 3 va 4-o'rinlarida turgan jangchilar titul uchun jang qilishmoqda. UFC'ning yaqin tarixida bunday holat bo'lmagan bo'lsa kerak. Xo'sh? UFC shunchalik ahmoqona qaror qabul qildimi? Nahotki, Dana Uaytdek professional shunchalik mantiqsiz qarorga kelgan bo'lsa? Yo'q, aslo unday emas. UFC'ning ushbu qarori ortida juda katta rejalar bor va bu qaror deyarli hamma uchun ayni muddao bo'ldi. Birgina jangchidan tashqari, bu - Jastin Getji. Hozir esa nega ushbu qaror hamma uchun ayni muddao bo'lganini tushuntirishga harakat qilaman. 

Dastlab, titul jangi uchun imkoniyatga ega bo'lgan jangchilarni sanab o'taylik. Bular Dastin Pore, Jastin Getji, CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler. Men ushbu ro'yxatga tasir o'tkazishi mumkin bo'lgan ikki insonni qo'shmoqchiman: Konor Makgregor va Dana Uayt.  

O'z o'zidan tushunarliki titul uchun jang qilayogan CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler voqealar rivojidan to'la mamnun. Oliveyra titul jangiga to'la haqli edi va u bunga erishdi. Maykl CHendler esa birgina jangdan so'ng chempionlik imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Amerikalik jangchiga barchasi omadli kelmoqda. Holis baho beradigan bo'lsak, CHendler bunga hali loyiq emas edi. Uning o'zi va Dana Uaytdan boshqa hamma bu fikrga qo'shilsa kerak.

Ushbu voqealardan norozi bo'lgan yagona jangchi bu - Jastin Getji. Jastin Xabib Nurmagomedov bilan jang o'tkazganidan so'ng unga hali imkoniyat berilmadi. Yaqin orada unga jiddiy raqib berilishi ham qiyin masala, sababi top-5'dagi barcha jangchilarning o'z rejalari bor va unda Getjiga o'rin yo'q. Aynan shu narsa Getjini norozi bo'lishiga sabab bo'lmoqda. CHendler va Getji o'zaro solishtirilganda ham aynan Jastinning so'nggi jangi mag'lubiyat ekanligi chempionlik kurashi uchun uning imkoniyatlarini kamaytirib yuborgan ko'rinadi.  Boshqa tarafdan, Dana Uayt Maykl CHendlerga o'z simpatiyasini yashirmayapti. Getjining o'zi esa 15 mayda CHendler bilan jang qilishini kutgani haqida yozdi: 

"Men kecha uyqidan CHendlerga qarshi 15 may kungi jang uchun mashg'ulot o'tkazgani uyg'ongandim. Bugun esa bunday emasligini bildim. Endi nima qilishimni to'g'risi bilmayapman, ammo bu his menga yoqyapti".

Biroz tushunish qiyin bo'lgan fikrlar. Tez orada Jastin Getji o'z ichidagilarini to'kib solsa kerak. Axir faqatgina u UFC'ning bu qaroridan zarar ko'rmoqda. 


Sixni ham kabobni ham kuydirmagan Pore 

Endigi navbat asosiy qahramonimiz - Dastin Porega. Deyarli barcha Dastinni chempionlik jangida kutgandi. Porening o'zi ham bu eng katta orzularidan biri ekanligini bir necha bor takidlagandi. O'zi esa ikkinchi yo'lni tanladi - Konor Makgregor bilan trilogiya. Uning bu qarori muxlislar orasida unchalik ham iliq kutib olinmadi. Ko'pchilik uni chempionlikni emas, pulni tanlaganidan norozi. Men esa bu harakatga boshqacharoq nom bermoqchiman: "Dastin chempionlikni emas, pul va chempionlikni tanladi". Qanday deysizmi? Tushuntirishga harakat qilaman. 

Ishontirib aytamanki, Dastin Porega CHarlz Oliveyra bilan titul jangi taklifi berilgan. Lekin, Dastin Konor bilan jangni tanladi. Biroz tushunarsiz, oldingda champion bo'lish uchun qulay imkoniyat turganida bu kabi ish tutish... Xulosa chiqarishga esa biroz shoshilmaymiz. Gap shundaki, Konor Makgregor bilan uchinchi jang Dastin Porega chempionlik jangidan ko'ra bir necha barobar daromad olib keladi. Trilogiya Poredan ham ko'ra ko'proq Konorga kerakligini va bu jangga Pore favorit sifatida kelayotganini hisobga olsak, Dastin o'zi xohlagan raqamlarini so'rashga to'la haqli. Konor bilan o'tkazilgan ikkinchi jang Porening o'z faoliyatidagi eng katta gonorar bo'lganini va trilogiyada undan ham katta summa ishlashi aniq bo'lsa, kim ham bunday taklifni rad etadi? Dastin asosiy mablag'ini xayriya ishlariga sarflashi va oilasini barcha narsadan ustun ko'rishini hisobga olsak, uni ham tushunsa bo'ladi.  

Keling, Dastin oldida turgan ikkinchi yo'lni tasavvur qilamiz. Dastin Pore CHarlz Oliveyra bilan chempionlik jangini tanladi deylik. Dastin oktagonga ko'tarildi va Oliveyrani mag'lub qilib chempionga aylandi. Dastin shundan so'ng Konor bilan jang qila olgan bo'larmidi? Katta ehtimol bilan, yo'q! Sababi, Dastin Pore chempion, Konor esa reytingda 6-o'rinda. Irlandiyalikka chempionlik jangi berilishi shunchaki mantiqsiz ish bo'lardi. Bu holatda Pore chempionlik kamariga ega bo'ladi, ammo kattagina puldan quruq qolishi mumkin. 

Yuqorida Dastin "CHempionlikni emas, pul va chempionlikni tanladi", -deb aytib o'tgan edim. Gap shundaki, Porening titul uchun jang qilishi Konor Makgregor bilan jang imkoniyatlarini pasaytirib yuborardi. Ammo, Konor bilan jang esa aksincha, chempionlik jangi o'tkazishga hech qanday to'sqinlik qilmaydi. Dastin Konorni yana mag'lub qiladigan bo'lsa, keyingi jangini bemalol chempionlik uchun o'tkazishi mumkin. Katta pul esa yonga qoladi va tarixda UFC tirik afsonasi Konor Makgregorni ikki marta mag'lub qilgan yagona jangchiga aylanadi. Ammo, bu faqatgina Dastin Porening rejalari, bu tomonda esa ikki katta figura boshqa narsani maqsad qilib turishibdi va katta ehtimol ular voqealarning shu tarzda rivojlanishiga bevosita aloqador.


"Messi" va "Ronaldu"dan ayrilishni xohlamayotgan Dana Uayt 

UFC'ni futbolga solishtiradigan bo'lsak Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregorni futboldagi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga tenglashtirishimiz mumkin. Bu ikki figurani yo'qotishdan futbol qanday jabr chekadigan bo'lsa, Konor va Xabibning ketishidan UFC ham shunchalik talofat ko'radi. Dana Uaytning bu ikki daxoga muhtoj ekanligi shubhasiz. UFC allaqachon ulardan birini yo'qotib bo'ldi – Xabib o'z faoliyatini yakunladi. Dana Uayt qo'lidan kelgan hamma ishni qildi, ammo uni olib qola olmadi. Endi esa bor etiborni ikkinchi shaxsni saqlab qolishga qaratish lozim. 

Irlandning vaziyati biroz boshqacharoq. U juda muhim jangda Dastin Porega imkoniyatni boy berib qo'ydi va Dana Uaytning rejalarini havoga uchirib yubordi. Konor Makgregor esa yana kuchlilar safiga qaytib olmoqchi. U Dana va UFC uchun eng kerakli figura, uning ishtirokidagi janglar promoushenga misli ko'rilmagan daromad keltiradi. Dana Uayt bilvosita bo'lsada Konorning taxt uchun kurashga qaytishi tarafdori. Buning eng optimal varianti esa Pore bilan trilogiya. 

Janob prezidentning rejalari taxminan shunday: Konor Dastin Pore ustidan g'alaba qozonadi va keyingi jangini chempionlik uchun o'tkazadi. Undan so'ng esa Dananinig azaliy orzusi - Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi revansh - bir necha yuz million dollarlik jang, Xabibni qaytishga majbur qiluvchi yagona yo'l. 

Ko'rib turganingizdek, UFC'ning Oliveyra va CHendler o'rtasida chempionlik jangi o'tkazish qarori ahmoqona ko'ringani bilan aslida unday emas. Ko'pchilik aysbergning ustki qismini ko'rib hafsalasi pir bo'lmoqda, suv ostida esa ulkan rejalar yotibdi. Albatta, bu rejalar bir-biriga qarama-qarshi, har bir jangchiniki turlicha. Porening rejalari Konornikiga to'g'ri kelmaydi, Oliveyraniki esa CHendlernikiga. SHu o'rinda bir mashhur ibora esga tushadi:  "Yuziga musht tushishidan oldin har kimning o'z rejalari bo'ladi” degan edi Mayk Tayson. Kimning rejalari amalga oshishini esa vaqt ko'rsatadi. Biz esa barchasini kuzatishda davom etamiz.

Maqola haqida, umuman UFC'ning engil vazn toifasi haqida o'z fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Zero, har bir fikr biz uchun qadrli.

Muallif: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: +8   

Fikrlar

+3   
22 mar 22:57:12
Мангуберди
Конор трилогия да Яна юткизади, чунки Порье Конорни нозик нукталарини билиб бу́лди...Дана Уайт ни режалари у́хшамай колиши мумкин.Мен хам хохлар эдим Хабибни кайтишини,лекин КАТТА эхтимол билан,Конор ё Порье ё Оливейра ёки бу́лмасам Чендлердан енгилади! Бу мани тахминим!...
+3   
22 mar 20:56:40
Mironsho Jabborov
Ichimsilarda ichim. Aytsam urushdan keyin qaxramon kopayadi deyishinglar mumkin lekin na iloj Dana ni rejalari haqida yozgan gaplaring men o'ylagan va xayol qilgan ssenari bilan naqadar mos kelishini o'qib mazza qildm. Gap yoq o'zimga, bu ajoyib agar hammasi Danani rejalaridaka va biz tushunganday davom etsa albatta.
+2   
22 mar 20:48:11
Mironsho Jabborov
Maazzza qildimee
+1   
23 mar 10:16:45
CHELSEA2211
Aylanib aylanib Konorga kelsa kerak kamar...
+1   
23 mar 02:50:48
Бахтиёр Чориев
Игра престолов. 8-сезон
+1   
23 mar 01:15:42
Ali Urazov
Agar Chendler Oliverani yutsa Conor Dastinni yutsa Chendler bilan Conorni jangiyam daxshat gonorarli boladi. Habib katta extimol bilan faqat bitta holatda UFC ga qaytishi mumkin uyam bosa Islam Maxachov yil oxirida kam uchun jang qlib jangda nobodo yutqazib qoysa qaytishi mumkin.
+1   
23 mar 00:48:12
Mironsho Jabborov
Мангуберди foydalanuvchining fikriga javob berish
Конор трилогия да Яна юткизади, чунки Порье Конорни нозик нукталарини билиб бу́лди...Дана Уайт ни режалари у́хшамай колиши мумкин.Мен хам хохлар эдим Хабибни кайтишини,лекин КАТТА эхтимол билан,Конор ё Порье ё Оливейра ёки бу́лмасам Чендлердан енгилади! Бу мани тахминим!...
Kuchlisi yutsin, irlandiyalikdan konglim qolmaydi shunday bolgan taqdirda ham
+1   
22 mar 22:05:40
Shax Uzb
Oka siz ozi hama narsani bilib qoyurasizde ufc professorisizku,ayniqsa maqolani oqib miyangiz ishlab kettimi
   
24 mar 12:43:40
Рахматуло Камалов
Хабиб дан кегин тугади камар каламуш ларга колдим Хабиб бу йври Лар ичига кирип хамасини таслим килди хурмат топти ташкилоти,дунйога танити ва милйон одамга мусилмон дуйосини кандай еканлигини тантиб куйди хама мусилмон мушхур ларни енган йвре ташкилоти Хабиб ни йинголмади хамага омат
   
23 mar 00:46:20
Mironsho Jabborov
Mironsho Jabborov foydalanuvchining fikriga javob berish
Aslida buni taxmin qilish yoki hech bolmaganda bir marta xayoldan o'tkazish qiyin emas, shunchaki xayolga nimalardir aylanib keladi kimdr nimadr qilgandan yoki gaprgandan keyin, voqealar rivoji davomida demoqchiman. Agar qachonki sz shu narsaga boshqalardan koproq qiziqsangiz haqiqatdan ham yoqtirsangiz, faqatgina 1yoki 2ta rasmiy kanallarga tarjima qilingan yangilik kelishini kutb otrmasangiz, instagram twitterlarda hama zvezda jangchi yoki sport jurnalistlarini kuzatib yursangiz eng muhumi ulani intervyularini o'zini og'zidan original tarzda ("bevosita") tarjimon yoki uzb kanallarisiz tinglasangiz.
Qoshimcha qilib shuni aytmoqchimanki 1soat oldin Ariel Helwani va DC you tubeda primoy efir qilib intervyu qilishdi suhbatlashishdi va tabiiyki u yerda qaynoq yangi gaplar "giybatlar" va ufcvegas22 ning muhokamasi boldi. bu suhbatni uzb tarjimasi hali yoq. Man ham uni hali toliq kormadim lekin.
   
23 mar 00:35:51
Mironsho Jabborov
Shax Uzb foydalanuvchining fikriga javob berish
Oka siz ozi hama narsani bilib qoyurasizde ufc professorisizku,ayniqsa maqolani oqib miyangiz ishlab kettimi
Aslida buni taxmin qilish yoki hech bolmaganda bir marta xayoldan o'tkazish qiyin emas, shunchaki xayolga nimalardir aylanib keladi kimdr nimadr qilgandan yoki gaprgandan keyin, voqealar rivoji davomida demoqchiman. Agar qachonki sz shu narsaga boshqalardan koproq qiziqsangiz haqiqatdan ham yoqtirsangiz, faqatgina 1yoki 2ta rasmiy kanallarga tarjima qilingan yangilik kelishini kutb otrmasangiz, instagram twitterlarda hama zvezda jangchi yoki sport jurnalistlarini kuzatib yursangiz eng muhumi ulani intervyularini o'zini og'zidan original tarzda ("bevosita") tarjimon yoki uzb kanallarisiz tinglasangiz.
   
22 mar 21:07:41
Mironsho Jabborov
Khabib ham agar Conor revanshda Poirierni yutsa ketmagan bolardi chunki bu Khabibni o'zi aytganidek "spectacular" narsa bolardi va Nurmagomedov bn revanshga katta eshik ochilardi. Afsus unday bolmadi va Khabib un qzq narsa qolmadi u ketdi lekn man u katta extimol bn qaytib kelishiga ishonardim. Chunki nmagaligini bilmadimu endi Conor trilogiyada Dustinni urishi, keyingi jangini title un oktagonga kotarilib YANA chempion bolishi xamirdan qil sugurganday oson boladi va bu Khabibni qiziqtirib qoyadi deb oylaganman. Albatta bu shunchaki shirin o'y xayol bolib qolmasligini mandan boshqalar ham xohlasa kk. Lekin bu osonmas. Mayli biz kuzataylikchi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing