So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

22 iyu 11:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Xalqaro Olimpiya kunini “Yangi nafas” bilan qarshi olamiz

Har yili 23 iyun kuni dunyoning barcha burchaklarida sport, salomatlik va birdamlik bayrami – “Olimpiya kuni” sifatida nishonlanadi.

Bu yil ham mamlakatimizda ushbu sanani katta shodiyona bilan qarshi olish rejalashtirilgan. Kecha yoshlar ishlari agentligida ushbu tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi Bosh kotibi Kamoliddin Ro'zimuhammedov, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari, shuningdek, ko'p sonli OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi bir qator tashkilotlar, sport federaciya va associaciyalari bilan hamkorlikda joriy yil ham Xalqaro Olimpiya kunini katta shodiyona bilan kutib olishni niyat qilgan. Bayram bu yil ushbu kunning “klassik” tadbiri – ommaviy yugurish musobaqalari bilan o'tkazilishi ko'zda tutilgan. 

Malumki, Xalqaro Olimpiya kuni bayrami dunyoning ko'plab mamlakatlarida aynan ommaviy yugurish tadbiri bilan nishonlanadi. Bu yil hamyurtlarimiz mazkur sanani “Yangi nafas” marafoni bilan qarshi olishadi. Har yili o'tkazib kelinadigan ushbu tadbir shu tariqa bu yil “Olimpiya kuni”ga ulanib ketadi.

Anjuman avvalida mutasaddilar Xalqaro Olimpiya kunining bu yil qanday nishonlanishi haqida malumot berishdi. Jumladan, Oybek Kasimov “Olimpiya kuni” bayramining tarixi, sport olamida tutgan o'rni haqida gapirar ekan, bu orqali davlatimiz rahbari ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish maqsadi turganini alohida takidladi.

SHuningdek, Kamoliddin Ro'zimuhammedov musobaqa reglamenti, tashkiliy qo'mita tomonidan olib borilayotgan tayyorgarliklar, bahslar poytaxtimizning qaysi ko'chalaridan o'tishi haqida gapirdi. Unga ko'ra, ishtirokchilar uchun katta qiyinchilik tug'dirmaslik, imkoniyati cheklangan aholi qatlami vakillarini ham jalb qilish maqsadida poyga 3 km masofada o'tkaziladi.

Rejaga ko'ra, bu yilgi “Olimpiya kuni” bayram tadbirlari 26 iyun kuni bo'lib o'tadi. Ushbu sanada Farg'ona, Namangan, CHirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, SHahrisabz, Toshkent shaharlarida bir vaqtning o'zida ommaviy yugurish tadbiri tashkillashtiradi. Unda har bir shaharda kamida 2 000 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bo'lajak bayramni aynan 23 iyun sanasida emas, unga yaqin bo'lgan kunlarda ham nishonlash mumkinligi bo'yicha tavsiya berib keladi. Anjuman davomida mutasaddilar jurnalistlarning tashkiliy jarayon bilan bog'liq savollariga batafsil javob berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing