So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

27 okt 08:44
Yangiliklar

Taekvondo

Xalqaro taekvondo ITF federaciyasi ikki nafar hamyurtimizni yuksak maqomga munosib ko'rdi

Yaqinda ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federaciyasi tomonidan yuksak mukofotga sazovor bo'lishdi.

Bosh qarorgohi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan ushbu nufuzli sport tashkiloti O'zbekiston taekvondo ITF Milliy associaciyasining prezidenti Laziz Hasanovni 7-DAN (master) qora belbog' hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlari bilan mukofotladi.

SHuningdek, Xalqaro taekvondo ITF federaciyasi tomonidan yana bir hamyurtimiz, O'zbekiston taekvondo ITF Milliy associaciyasining Buxoro viloyati bo'limi rahbari Ubayt Mukarramovga 6-DAN qora belbog' hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikati topshirildi.

Takidlash joiz, joriy yil 25 avgust kuni Xalqaro taekvondo ITF federaciyasining xalqaro onlayn seminari o'tkazilgan va unda o'zbekistonlik mutaxassislar ham ishtirok etishgandi. Bugun hamyurtlarimizga tegishli sertifikatlar O'zbekistonga etib keldi.

Sportchi yoki trener Xalqaro taekvondo ITF federaciyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan bo'lishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildirki ushbu sport turini O'zbekistonda ommalashtirish yo'lida jonbozlik ko'rsatib kelmoqda.

Bu esa yurtimizda nafaqat Olimpiya sport turlari, balki noolimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing