So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

17 may 07:08
Yangiliklar

Engil atletika

Xalqaro turnirda yangi O'zbekiston rekordi qayd etildi

Teglar :  Engil atletika
Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha xalqaro xotira turniri o'z yakuniga etdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada mamlakatimiz vakillari qatorida Qozog'iston va Tojikistondan kelgan atletlar ham ishtirok etishdi.

Takidlash joiz, bir-biridan qiziqarli o'tgan bahslarni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov kuzatib borishdi. Musobaqada atletlar bajarilgan normativ orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma olishlari ham mumkin. SHu bois unga bo'lgan qiziqish katta bo'lgani tabiiy.

Yakuniy natijalarga ko'ra, hech bir atlet Olimpiada normativini bajara olmadi. Biroq bir qator g'oliblar o'z hisoblariga qimmatli reyting ochkolarini yozib qo'yish barobarida ahamiyatli natijalarni qayd etishdi. Ana shunday ko'rsatkichlardan biriga bosqon uloqtiruvchi qizimiz Zarina Nosirjonova mualliflik qildi. Yosh sportchimiz turnirda 64.22 metr natija ko'rsatdi. Bu esa ham yoshlar, ham kattalar o'rtasida yangi O'zbekiston rekordi sifatida qayd etildi. 

Ushbu dasturning erkaklar o'rtasidagi yo'nalishda esa Suhrob Xo'jaev bosqonni 75.30 metrga uloqtira oldi. Bu ko'rsatich Tokio-2020 normatividan 2.3 metr pastroq natija bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing