So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

25 apr 11:56
Yangiliklar

Velosport

Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) prezidenti yurtimizga tashrif buyurdi

Teglar :  Velosport
Xabar berganimizdek Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani xududida veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

SHuningdek, mazkur Osiyo chempionati doirasida bir qator tadbirlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bugun 25 aprel kuni Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi(UCI) prezidenti David Laparte yurtimizga tashrif buyurdi. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, mazkur tashkilot  1900 yilda to'rtta (Buyuk Britaniya, Franciya, Belgiya va Italiya) davlatlari ishtirokida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Egel shahri (Jeneva)da. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi velosiped sportining dunyo bo'yicha boshqaruv organi hisoblanadi.

UCI Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan rasman etirof etilgan va Bosh assambleya azosi. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan velosiped sporti bo'yicha musobaqalarda har bir davlatdan milliy terma jamoalar ishtirok etishi lozim.

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi prezidenti o'z vazifalarini homiylik va azolik badallari orqali amalga oshiradi. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi velosiped sportining barcha turlarini rivojlantirish bo'yicha ishlar olib boradi. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi tomonidan nogironlar o'rtasida ham velosiped sportini targ'ib etish va professionallik darajasiga olib chiqish maqsadi ilgari surilib paralimpiya o'yinlari tarkibiga kiritilgan.

Halqaro velosipedchilar Ittifoqining vazifa va majburiyatlaridan yana biri sportning ushbu turini butun dunyoda, turli bosqichlarda va hech qanday cheklovlarsiz rivojlantirish hisoblanadi.


O'zbekiston velosport federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing