So’nggi yangiliklar

14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 12:32Бивол ва Бетербиев ўртасидаги жанг қачон ўтказилиши маълум қилинди 0 12:10«Реал»нинг тўрт нафар футболчиси EЧЛ рекордини такрорлади 0 11:49Навбаҳор Ҳамидова Париж Олимпиадасига йўл олди 0 11:39"Ролан Гаррос" чемпиони Новак Жокович 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 11:18UFC 302. Бонуслар кимларга насиб этди? 0 10:56Карло Анчелотти навбатдаги чемпионликдан сўнг нималар деди? 0 10:35Махачев - Порье. Нокаутгача ҳисоб қандай кетаётганди? 0 10:14Ислам Махачевнинг ғалабаси, Стриклендда устунлик ва UFC 302 турнирининг барча натижалари 0 10:09UFC 302. Ислам Махачев Дастин Порьени муддатидан олдин мағлубиятга учратди 0 10:02Шунақаси ҳам бўлади: «Боруссия» финалдаги мағлубияти эвазига 35 миллион евро ишлаб олди, «Реал» эса 0 евро! 0

13 sen 07:52
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Xalqaro xokkey federaciyasiga azo bo'lishda Rossiya tomoni O'zbekistonni qo'llab-quvvatlaydi

Rossiya xokkey federaciyasi Xalqaro xokkey federaciyasi azoligiga yangi davlatlarni qabul qilish bo'yicha ovoz berish jarayonida O'zbekiston nomzodini qo'llab-quvvatlaydi.

XXFning navbatdagi kongressi joriy yil 25-27 sentyabr kunlari Italiya poytaxti Rimda bo'lib o'tadi. Yuqoridagi fikrni RXF ijrochi direktori Dmitriy Kurbatov Oliy xokkey ligasi doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyida o'tkazilgan dastlabki o'yinga tashrifi chog'ida takidlab o'tgan. Eslatib o'tamiz, mazkur o'yinda «Xumo» jamoasi «Ryazan» klubini yirik – 5:0 hisobida mag'lub etdi.

«Biz Xalqaro xokkey federaciyasining to'laqonli va doimiy azosi sifatida O'zbekistonni mazkur tashkilot azoligiga qabul qilish uchun ovoz beramiz, - deydi Kurbatov. – SHu bilan birga bu tanlovni tashkilotning boshqa azolari tomonidan ham qo'llab-quvvatlanishi uchun harakat qilamiz».

Kurbatovning aytishicha, O'zbekiston XXFning azoligiga qabul qilinishiga aslo shubha yo'q. Bu voqea esa mamlakat xokkeyi tarixida yangi sahifa ochadi.

O'zbekiston xokkey federaciyasi 2013 yil oktyabr oyida tuzilgan. 2019 yil fevralda uzoq yillik tanaffusdan so'ng mamlakat chempionati tiklanib, musobaqada to'rtta jamoa ishtirok etdi.

Poytaxtimizda kechgan OXLning ilk o'yinida Toshkentning «Xumo» jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun juda ko'p sonli xokkey muxlislari kelishdi. SHu kuni muhtasham “Humo Arena” deyarli to'ldi. Bu esa mamlakatimizda qaytadan tug'ilgan mazkur ajoyib sport turiga qiziqish juda yuqori ekanidan darak beradi.

Ushbu haftada bu muhtasham majmuada «Xumo»ning yana ikkita uy uchrashuvi bo'lib o'tadi. 13 sentyabr kuni jamoa Qozonning «Bars», 15 sentyabrda esa Nijniy Novgorodning «Torpedo-Gorkiy» klubi bilan kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
13 sen 14:04:25
Samar Uralov
Iloji boricha tezroq boshqa viloyatlardayam muz saroylari qurilsa yaxshi bo'lardi
   
13 sen 14:04:18
Samar Uralov
Iloji boricha tezrtezroq boshqa viloyatlardayam muz saroylari qurilsa yaxshi bo'lardi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing