So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

25 sen 08:46
Yangiliklar

Gimnastika, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Diqqat markazida Gimnastika federaciyasi taqdimoti

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2014 Olimpiya o'yinlari uchun namoyish qilayotgan taqdimot rejalari davom etadi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston gimnastika federaciyasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotni O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisining o'rinbosari Ruslan Mustaev olib bordi. 

SHuni takidlash kerakki, reja avvalgi Olimpiadaga tayyorgarlik asosida tuzilgan. Rustam Mustaev o'z nutqida gimnastikaning har bir yo'nalishi bo'yicha tanlov mezonlarini batafsil bayon qilib, asosiy etibor bo'lajak musobaqalar – Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarga qaratilishini takidladi. 

Taqdimotda boshqa jihatlar qatori, chet ellik murabbiylarni jalb qilish zarurligi, xususan, gimnastikaning har bir yo'nalishi bo'yicha Rossiya, Xitoy, Polsha va AQSHdan murabbiylar taklif qilish alohida ko'rib chiqilganligi takidlandi. Ruslan Mustaev musobaqa taqvimida o'zgarishlar yuz bergan taqdirda, rejalarga o'zgartirishlar kiritilishi mumkinligi to'g'risida aytib o'tdi. 

Mutaxassisning takidlashicha, sport gimnastikasi yo'nalishida jahon chempionati g'oliblarining aksariyati Osiyo qitasidan va bu borada vakillarimizni keskin raqobat kutib turibdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov ham o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Avvalo, barchangizga sihat-salomatlik tilayman. SHuni ham takidlashni istardimki, siz juda ajoyib va qiziqarli taqdimot o'tkazdingiz. Bizga barcha zarur inventarlar bilan jihozlangan yangi sport zali kerak. Biz gimnastika turlari uchun yaxshi sharoitlarni yaratishimiz lozim. Sizlarda Oksana CHusovitina kabi ham o'zbek, ham jahon sportining afsonasi bor. Oksana bilan fikr almashishni maslahat beraman, chunki u katta tajribaga ega. Siz o'z taqdimotingizda bo'lajak musobaqalardagi medallar haqida gapirmoqdasiz, ammo licenziyalar olish bo'yicha ham chuqur yondashuv kerak. 2021 yilga kelib, jamoani to'liq shakllantirgan, yosh sportchilarni yanada katta musobaqalarga tayyorlagan, selekciya ishlarini kuchaytirgan bo'lishingiz lozim. Biz birgalikda, hamjihatlikda ishlaymiz va faqat oldinga boramiz«, – dedi MOQ prezidenti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing